Topografik xaritalar va ulardan foydalanish

Topografik xaritalar va ulardan foydalanish

O'quvchilarga / Geografiya
Topografik xaritalar va ulardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: TOPOGRAFIK XARITALAR Reja: 1.Xaritalar yordamida qanday o'lchash ishlarini bajarish mumkin? 2.O'zbekistonning tabiiy, iqtisodiy, ma'muriy xaritalari asosida Farg'ona vodiysiga geografik ta'rif bering. Òopografik xaritalar haqida tushuncha.Odatda, geografik xaritalarning masshtabi juda kichik bo'ladi, ularda Yer yuzasi tasviri million marta va undan ko'proq marta kichraytirib ko'rsatiladi. Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200 00 va undan kattaroq) xaritalar topografik xaritalar deb ataladi. Mazmuniga ko'ra, ular umumiy geografik xaritalar hisoblanadi. Yirik masshtabli (1:25 00, 1:50 00, 1:100 00) topografik xaritalar joyda bajariladigan topografik o'lchov ishlari hamda aerosuratlar asosida tuziladi. Yirik masshtabli topografik xaritalarda katta maydonlar tasvirlanadigan bo'lsa, xarita juda kattalashib ketadi. Shuning uchun bunday xaritalar ayrim-ayrim varaqlarga bo'linadi va ular ko'p varaqli bo'ladi. Yirik masshtabli topografik xaritalarning har bir varag'ida Yer yuzasining kichik qismi tasvirlanadi. Shuning uchun bunday xaritalarda mayda masshtabli xaritalarga nisbatan xatoliklar juda kam bo'ladi, chunki kichik maydon yuzasi tekislikka yaqin bo'ladi. Xaritaning masshtabi uning barcha qismida bir xil bo'ladi. Òopografik xaritaning har bir varag'i yon tomonlarda meridian, yuqori va past tomonlarda parallellar bilan chegaralanadi. Masalan, masshtabi 1:100 00 bo'lgan xaritaning har bir varag'i har 6° dan o'tkazilgan meridianlar va har 4° dan o'tkazilgan parallellar bilan chegaralangan. Natijada, Yer yuzasida uzunligi 6° va kengligi 4° ga teng bo'lgan trapetsiyalar (trapetsiya shaklidagi hududlar) hosil bo'ladi. Yirik masshtabli topografik xaritalar uchun o'lchami kichikroq bo'lgan trapetsiyalardan foydalaniladi. Masalan, masshtabi 1:100 00 bo'lgan xarita trapetsiyasining o'lchami uzunlik bo'yicha 30′va kenglik bo'yicha 20′ga teng, masshtabi 1:25 00 li xarita trapetsiyasining o'lchami uzunlik bo'yicha 7′30′′, kenglik bo'yicha 5′ga teng bo'ladi (6- rasm). Òopografik xaritalarning har bir varag'i kilometrli kataklarga ham bo'lingan bo'ladi. Har bir katakning tomonlari 100 m (1 km) ga teng qilib olinadi. Binobarin, xaritalar masshtabiga qarab kataklar har xil kattalikda bo'ladi. Agar xarita masshtabi 1:100 00 bo'lsa, katak tomonlari 1 sm, 1:50 00 bo'lsa, 2sm, 1 : 25 00 bo'lsa, 4 sm (6- rasm), masshtab 1:10 00 bo'lsa, katak tomonlari 10 sm ga teng bo'ladi. Bundan tashqari, xaritaning pastki ramkasidan boshlab yuqori tomonga yo'nalish xbilan, o'ng tomonga gorizontal yo'nalish esa ybilan belgilanib, ularning necha kilometrga teng ekanligi yozib qo'-yiladi. Mana shu raqamlarga qarab, xaritadagi har bir nuqtaning vertikali va gorizontali nechanchi km larda ekanligini aniqlasa bo'ladi. Òopografik xaritalarning shartli belgilari.6- rasmda keltirilgan topografik xaritaning mazmunini aniqlaymiz. Buning uchun topografik xaritaning shartli belgilarini ko'rib chiqamiz va ularni quyidagi turlarga bo'lamiz. Davlat geodeziya to'ri tayanch nuqtalari.Ularning shartli belgisi - to'g'ri uchburchakdan iborat (7- rasm). Uning markazida nuqta tasvirlangan, nuqta geodeziya tayanchining haqiqiy o'rniga to'g'ri keladi: uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 523.97 KB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 523.97 KB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga