Xorijiy Yevrosiyoning foydali qazilmalari Yevropaplatformasi xorijiy Yevropada Skandinaviya yarim orolining sharqiy qismi bilan Finlandiyada joylashgan Baltika qalqonidan hamda asosiy qismi Sovet Ittifoqida joylashgan o'lkaning g'arbiy chekkasidan tashkil topgan. Relefda unga Shvetsiya bilan Finlandiyaning zamini qattiq tekisliklari va yassi tog'liklari, shuningdek Yutlandiya va Daniya orollari, Polsha, GFR ning shimoliy qismlari hamda Gollandiyaning deyarli hamma qismini o'z ichiga oluvchi O'rta Yevropaqatlamli tekisligi to'g'ri keladi. Bu barcha rayonlar maksimal muzlanish, qisman esa so'nggi muzlanish chegarasi ichida joylashgan bo'lib, bu hol uning relefida aks etgan. Baltika kristalli qalqonining qattiq zaminli tekisligi muzlanish markazida joylashgan bo'lib, neogen-antropogenda intensiv ravishda parchalanib ketgan, u muzlik ekzaratsiyasi relefi shakllarining ustun turishi bilan xarakterlanadi. Baltika qalqonining chekka qismida va O'rta Yevropatekisligida muzlik akkumulyatsiyasi relefi shakllari-chekka morenalar, ozlar va boshqalar tarqalgan bo'lib, ular morfostruktura ustini qoplab yotadi. Baltika dengizi bilan Shimoliy dengiz sohillarida muzlanishlardan keningi transgressiya natijasida hosil bo'lgan akkumulyativ tekisliklar joylashgan. Xitoy platformasi doirasida tokembriy fundamentida burmali-palaxsali va palaxsali tog'lar ham tarqalgan bo'lib, ular qadimgi fundamentning botiqlarida joylashgan past akkumulyativ tekisliklar yoki platolar bilan almashinib turadi. Epiplatformadagi o'rtacha balandlikdagi tog' massivlariga Shandun yarim oroli yoki Shimoliy Koreyadagi tog'lar; past akkumulyativ tekislikkamarkaziy Manchjuriya yoki Shimoliy Xitoy tekisliklari; baland platoga-Ordos misol bo'la oladi. Qashqar soyligining (botig'ining) asosida chuqur cho'kkan Tarim massivi yotadi. Epiplatforma tipidagi palaxsalitog'lar, shuningdek, Arabiston va Hindiston aktivlashgan platformalarining chekka qismlari uchun ham xarakterlidir. Ular Arabistonda qadimiy assimetrik palaxsaning g'arbiy va janubi-g'arbiy chekka qismlarini hosil qiladi, Hindiston yarim orolida esa, bu relef tipiga G'arbiy, qisman esa Sharqiy Gat tog'lari to'g'ri keladi. Hindistonning qolgan qismlari qattiq fundamentli (denudanion) tekisliklardan iborat. Fundament yuzasida bo'r va paleogen davrlarida oqib chiqqan bazalt qoplami hosil bo'lgan shimoli-g'arbidagina zinapoyasimon trappali platolar tarqalgan. Arabiston platformasining Sharqiy va Janubiy qismlari qalin cho'kindn jinslar bilan qoplangan bo'lib, bu rayonlardagi asosiy relef tipi gorizontal va qiya tekisliklar hamda platolardir. Bu platforma oblastlarining quyi geografik kengliklarda joylashganligi va rivojlanish xususiyatlari ular doirasida flyuvial va arid morfoskulpturaning keng tarqalishiga sabab bo'lgan; shunisi ham borki, ayrim rayonlarda (masalan, Arabiston yarim orolida) plyuvial davrlardan saqlanib qolgan qadimgi flyuvial relef shakllari hozirgi arid morfoskulptura relefi shakllari bilan yonmayon uchraydi. Yevrosiyoning qadimgi platformalarida foydali qazilmalarning katta zapaslari to'plangan. Bu yerdagi arxey va proterozoy strukturalari uchun temir, marganets, xrom (Skandinaviya va Hindiston yarim orollari), shuningdek, bazi rangdor va nodir metallar (mis, kobalt) xarakterlidir. Hindiston plat-formasining yer bag'rida oltin, olmos va qimmatbaho toshlar bor. Platforma qadimgi kristalli yadrosining ko'p jinslari pardozlanib qurnlishda ishlatiladigan materiallardan iborat (masalan, Baltika qalqonidagi granitlar). Yevropaplatformasining cho'kindi jinslar qoplamidagi ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.14 KB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.14 KB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:19 ]
Arxiv ichida: docx