Sanoat tarmoqlari geografiyasi 9-sing Geografiya darsligi asosida 17 § - mavzu Reja: Metallurgiya sanoati Qora metallurgiya Rangli metallurgiya Mashinasozlik va metallni qayta ishlash O'rmon va yog'ochni qayta ishlash Metallurgiya sanoati jahon xo'jaligini, asosan, konstruksiyabop materiallar - qora va rangli metall bilan ta'minlaydi. Metallurgiya sanoati, o'z navbatida, mustaqil qora va rangli metallurgiya sanoatlariga bo'linadi. Qora metallurgiya sanoatining xususiyatlaridan biri - asosiy mahsulotlari hisoblanadigan cho'yan, po'lat va prokat ishlab chiqarish jarayonida juda kata hajmdagi temir rudasi, kokslanadigan ko'mir va boshqa xil resurslarni ishlatishidir. Jahon qora metallurgiya sanoatida hozirgi vaqtda xomashyo resurslarini yetkazib beruvchi, tayyor metall mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularni iste'mol qiluvchi mamlakatlar guruhlari shakllangan. Rangli metallurgiya sanoati murakkab tarmoqlar tarkibiga ega bo'lib, o'nlarcha xildagi metallar (mis, aluminiy, rux, qo'rg'oshin, volfram, oltin, kumush, uran va boshqalar)ni ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar rangli metallurgiyada xomashyo resurslarini yetkazib berishga va rivojlangan mamlakatlar esa iste'molga tayyor rangli metallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmog'i ishlab chiqarayotgan mahsulotlari umumiy qiymatiga ko'ra sanoat tarmoqlari orasida eng yirigi va ahamiyatlisidir. MDH mamlakatlari jahonning to'rtinchi mashinasozlik mintaqasini tashkil qiladi. Garchi mintaqa mashinasozlikning eng muhim mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo'lsa-da, sifat ko'rsatkichlariga ko'ra boshqa mintaqalardan orqada. Kimyo sanoati FTI davrida sanoatning rivojlangan tarmoqlaridan biridir. U XX asr davomida alohida tarmoq sifatida shakllandi va eng yuqori sur'atlarda rivojlanishga erishdi. Hozirgi vaqtda jahon kimyo mahsulotlarining 23 -24% i Yevropada ishlab chiqarilmoqda. Ushbu ko'rsatkich AQSH da 20 % ga, Yaponiyada 15% ga, Fors ko'rfazi mintaqasida 7% ga teng. O'rmon va yog'ochni qayta ishlash sanoatining hududiy joylashuvi ko'p hollarda jahon o'rmon resurslari geografiyasiga monand shakllangan. XXI asr boshlarida jahon bo'yicha bir yilda jami 4 mlrd. m3 yog'och tayyorlandi. Shimoliy o'rmon mintaqasida, asosan, ignabargli daraxtlar o'sib, ulardan yog'och-taxta, selluloza-qog'oz va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat aholining kundalik iste'mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan eng yirik tarmog'idir. To'qimachilik sanoati, bir tomondan, sanoatning eng «eski», ikkinchi tomondan esa doimo yangilanayotgan va o'sayotgan tarmoqlaridan hisoblanadi. ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.96 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.96 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:08 ]
Arxiv ichida: docx