Mavzu: Yevrosiyo aholisi va siyosiy xaritasi Reja: 1. Aholi soni va irqlari. 2. Yevrosiyo xalqlari. 3. Yevrosiyoning siyosiy xaritasi. Aholi soni va irqlari.Yevrosiyoda 2016- yil 1- iyul hisobi bo'yicha 5 mlrd 177 mln kishi yashaydi (Yevropada 740 mln, Osiyoda 4 mlrd 437 mln). Bu dunyo aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Yevrosiyo aholining zichligi (1 kv km ga 96 kishiga yaqin) va o'sishi bo'yicha boshqa materiklarga nisbatan oldinda turadi. Aholining o'sishi O'rta Osiyoda, Osiyoning janubi va janubi-sharqiy qismida yuqori bo'lsa, Yevropada ancha past. Hindiston yarimoroli, Buyuk Xitoy tekisligi, Yevropada aholi zich, materikning shimoliy qismi, tog'lar va cho'llarida juda siyrak yashaydi. Yevrosiyoda, asosan, yevropeoid va mongoloid irqlariga mansub bo'lgan aholi yashaydi. Aholining deyarli yarmi yevropeoid irqiga tegishli bo'lib, Yevropava Osiyoning janubi g'arbida tarqalgan. Yevrosiyo xalqlari. Odatda, aholini xalqlarga ajratishda mezon hisoblangan tili, tarixan an'ana bo'lib kelgan madaniyma'naviy merosi (urf-odatlari), turmush tarzi hisobga olinadi. Jumladan, tiliga ko'ra, Yevropaqit'asida uchta yirik guruh - german, roman, slavyanguruhlari mavjud. Osiyoda esa xitoylar va hindlar dunyodagi eng ko'p sonli xalqlardir. Turklar, turkmanlar, o'zbeklar, qozoqlar, qirg'izlar, ozarbayjonlar, qoraqalpoqlar, tatarlar, boshqirdlarturkiy til guruhini tashkil etadi. Yevrosiyoning siyosiy xaritasi.Materikning siyosiy xaritasida 90 tadan ortiq davlat bor. Maydoniga ko'ra yirik davlatlardan Rossiya (maydoni 17,1 mln kv km), Xitoy (9,6 mln kv km), mitti davlatlardan Vatikan (0,4 kv km), Lixtenshteynni (0,2 ming kv km) ko'rsatish mumkin. Eng ko'p sonli aholisi bor davlatlarga Xitoy (1,35 mlrd dan ortiq), Hindiston (1,3 mlrd ga yaqin), Indoneziya (259,4 mln), Pokiston (203,4 mln), Bangladesh (162,9 mln), Rossiya (144 mln dan ortiq), Yaponiya (125,3 mln) kiradi. Bu davlatlarda Yevrosiyo aholisining yarmidan ko'p qismi yashaydi. Yevrosiyo siyosiy xaritasining shakllanishi uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo'lib, unda jamiyatning rivojlanishi aks etadi. Atama, tayanch tushuncha va nomlar Aholi zichligi, irqlar, yevropeoid, germanlar, slavyanlar, romanlar, hindlar, turklar, siyosiy xarita. Nazorat uchun savollar 1. Materikda irqlar qanday tarqalgan? 2. Aholi zichligining sababi nimada? Aholi qayerlarda zich? Amaliy topshiriqlar 1. Maydoniga, aholisining soniga ko'ra 10 ta yirik va 5 ta mitti davlatni daftaringizga yozing va yozuvsiz xaritaga tushiring, xaritadan ularning poytaxtlarini bilib oling. 2. Yevrosiyodagi aholi zich joylashgan hududlarni xaritadan toping va tahlil qiling. ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 17:21:38
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.99 KB
Ko'rishlar soni
311 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:21
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 17:21 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.99 KB
Ko'rishlar soni
311 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:21 ]
Arxiv ichida: docx