Yevrosiyo hududining tabiiy geografik o'lkalarga bo'linishi

Yevrosiyo hududining tabiiy geografik o'lkalarga bo'linishi

O'quvchilarga / Geografiya
Yevrosiyo hududining tabiiy geografik o'lkalarga bo'linishi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Yevrosiyo hududining tabiiy geografik o'lkalarga bo'linishi Reja: 1. Tabiiy geografik rayonlashtirish 2.O'rta Osiyo o'lkasi Yevrosiyo materigining kattaligi va geografik o'rni materik tabiatining xilma-xilligiga sabab bo'lgan. Odatda, materik tabiatining xilma-xilligi uning hududiy bo'linishiga asos bo'ladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda, materiklarni birbiridan tabiiy sharoiti bilan farq qiladigan muayyan qismlarga ajratish jarayoni tushuniladi. Yevrosiyo materigi tabiatini hududiy farqlariga ko'ra rayonlashtirganda ham kenglik zonalligi, ham balandlik mintaqalanishiga va uzoqlik bo'yicha ta'sir etadigan omillarga e'tibor beriladi. Yevrosiyo materigida bir-birlaridan hududiy farq qiladigan ko'plab yirik va kichik o'lkalar ajratilgan. Yevrosiyo hududi Shimoliy Yevropa, O'rta Yevropa, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, G'arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Janubig'arbiy Osiyo, Old Osiyo, O'rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubiy O'rta Osiyo o'lkasi. Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo kabi 14 ta yirik tabiiy geografik o'lkalarga bo'lingan (23- rasm). O'zbekiston joylashgan O'rta Osiyo o'lkasi o'zining takrorlanmas tabiati bilan alohida ajralib turadi. O'rta Osiyo tabiatini atroflicha o'rgangan rus olimi I. V. Mushketov Turkiston nomli kitobida bu o'lkani Yevrosiyo materigining ichidagi o'ziga xos noyob tabiatli go'zal materikdir, deb baho bergan. O'rta Osiyo va O'zbekiston tabiati haqida 7- sinfda bilib olasiz. Atama, tayanch tushuncha va nomlar Yirik tabiiy geografik o'lkalar, kichik o'lkalar, tabiiy geografik rayonlashtirish, Yevropao'lkalari, Osiyo o'lkalari. Nazorat uchun savollar 1. Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda nimani tushunasiz? 2. Yevrosiyo qanday tabiiy geografik o'lkalarga bo'linadi? Amaliy topshiriqlar 1. Tabiiy geografik o'lkalarni daftaringizga yozing va xaritadan toping. 2. Yevrosiyo tabiiy geografik o'lkalarini ikki varaq qog'ozga chizing. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 392.58 KB
Ko'rishlar soni 203 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 392.58 KB
Ko'rishlar soni 203 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga