Yevrosiyoning Antropogen tabiat komplekslari

Yevrosiyoning Antropogen tabiat komplekslari

O'quvchilarga / Geografiya
Yevrosiyoning Antropogen tabiat komplekslari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Yevrosiyoning Antropogen tabiat komplekslari Reja: 1. Antropogen tabiat komplekslari. 2. Tabiatni muhofaza qilish Antropogen tabiat komplekslari. Yevrosiyo hududi qadimdan aholi yashab kelgan sivilizatsiya markazlaridan hisoblanadi. O'rta dengiz sohillaridagi qadimiy subtropik o'rmonlar inson xo'jalik faoliyati tufayli kesib yuborildi. Sharqiy Yevropatekisligidagi qora va kashtan tuproqli dashtlarning 80 % maydoni o'zlashtirilgan. Ularning o'rnida shahar va qishloqlar, bog'lar va turli ekin maydonlari kabi antropogen komplekslar hosil bo'lgan. Shuningdek, Mesopotamiya va Buyuk Xitoy tekisliklari, Hindiston, Yevropava O'rta Osiyoning qadimdan o'zlashtirilib kelinayotgan hududlarida, tog' yonbag'irlarida antropogen landshaftlar barpo etilgan. Yashash uchun qulay hududlar o'zlashtirib bo'lindi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o'rmonlar, cho'llar va tog'li zonalarni o'zlashtirishga kirishildi. Natijada, antropogen tabiat kompleksi egallagan maydonlar tobora kengayib bormoqda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadida Yevrosiyo tabiat zonalarida va tog'li o'lkalarda qo'riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmalar barpo etilgan. Qo'riqxonalar jamoalarining asosiy maqsadi tabiatning betakror joylarini, ajoyib relyef shakllarini, serjilo ma'danlarini, turli-tuman o'simlik va hayvonot olamini va boshqa tabiat yodgorliklarini tabiiy holda saqlab qolishdir. Ural tog'ida Ilmen, Oltoy, Yevropada Belovej pushchasi, Astraxan, Osiyoda Chatqol, Issiqko'l, Barguzin, Taman Negara kabi qo'-riqxona va milliy bog'lar tashkil etilgan. Ayni paytda, tabiatni asrash, uning resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish masalasiga katta e'tibor berilmoqda. Atama, tayanch tushuncha va nomlar Antropogen tabiat komplekslari, landshaft, qo'riqxona, milliy bog'lar, Belovej pushchasi, Chatqol. Nazorat uchun savollar 1. Antropogen tabiat komplekslari deganda nimani tushunasiz? 2. Qo'riqxona, milliy bog'lar qanday maqsadlarda tashkil etiladi? Amaliy mashg'ulotlar 1. Yevrosiyoning antropogen tabiat komplekslariga (atlasning 30 - 31- betlaridagi kompleks xaritadan foydalanib) tavsif bering. 2. Qo'riqxona va milliy bog'larni yozuvsiz xaritaga tushiring. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.08 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.08 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga