Yevrosiyoning ichki suvlari

Yevrosiyoning ichki suvlari

O'quvchilarga / Geografiya
Yevrosiyoning ichki suvlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Yevrosiyoning Ichki suvlari Reja: 1. Ichki suvlarning joylashishi. 2. Daryolarning to'yinish tiplari Ichki suvlarning joylashishi. Ichki suvlarini yerusti va yerosti suvlariga bo'lib o'rganish mumkin. Yerusti suvlari daryo, ko'l va muzliklar, suv omborlari va kanallardan tashkil topgan. Eng yirik sersuv daryolar mo'tadil va musson iqlimli o'lkalarda joylashgan. Quruq iqlimli o'lkalarda daryolar ancha siyrak. Yevrosiyo daryolari suvlarini beshta havzaga quyadi. Bular - Shimoliy Muz, Atlantika, Tinch va Hind okeanlari havzalari hamda berk havzadir. Yanszi, Xuanxe, Ob, Yenisey, Volga, Dnepr, Hind, Gang yirik daryolardir. O'lkamizdagi Amudaryo va Sirdaryo, Yevropadagi Volga berk havzaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Daryolarning to'yinish tiplari. Yevrosiyo daryolari to'yinishiga ko'ra to'rt tiðga bo'linadi: yomg'ir, qor, muz va yerosti suvidan to'yinuvchi daryolar. Lekin daryolar ko'pincha aralash holda to'yinadi. Masalan, yomg'ir va qor suvlaridan, qor va muz suvlaridan, muz va yerosti suvlaridan to'yinadi. Daryolarning suv rejimi va to'yinishi yil fasllariga bog'liq. Yevrosiyoning eng yirik daryolaridan Volga, Ob (Irtish irmog'i bilan), Yenisey, Lena, Pechora, odatda, qor va yomg'ir suvlaridan to'yinib, bahorda to'lib oqadi va qirg'oqlaridan toshib ketadi. Shimolga oqadigan daryolar qishda uzoq vaqt muz bilan qoplanadi. Musson iqlimli o'lkalardagi daryolar - Amur, Xuanxe, Mekong, Gang, Hind va boshqalar musson yog'inlaridan to'yinib, ularning suv sathi yozda keskin ko'-tariladi. Ekvatorial iqlimli Katta Zond orollaridagi daryolar yomg'ir suvlaridan to'yinadi va ularning rejimi yil davomida o'zgarmaydi. O'rta Osiyo daryolari - Amudaryo, Sirdaryo (O'zbekiston hududidan oqib o'tadi), Ili, Tarim baland tog'larning muz va qor suvlaridan to'yinib, yozning boshida to'lib oqadi, kuzda va qishda keskin kamayadi. Yevrosiyoda ko'llarjuda ko'p. Ularning asosiy qismi materikning shimoliy va sharqiy o'lkalarida joylashgan. Dunyodagi eng katta (Kaspiy, 376 ming kv km) va eng chuqur (Baykal 1 620 m) ko'l ham shu materikdadir. Hosil bo'lishiga ko'ra, tektonik (Baykal, Jeneva, Issiqko'l), to'g'onli (Sarez), vulqonli, morena ko'llari mavjud. Hozirgi zamon muzliklari chuchuk suvlarning asosiy manbayidir. Shulardan biri Pomir tog'idagi Fedchenko muzligi. Uning uzunligi 72 km, qalinligi o'rta qismida 1 00 m, eni 1 700 - 3 100 m. Suv oqimiga ko'ra ko'llar oqar (Baykal, Onega), oqmas (Issiqko'l, Balxash, Kaspiy, Orol) ko'llarga bo'linadi. Sun'iy ko'llar ham mavjud. Materik yerosti suvlariga ham boy. Yirik tekisliklarning tagida yerosti suvlarining juda katta zaxirasi bor. Geyzerlar, buloq suvlari ham yerosti suvlarini tashkil etadi. Ko'p yillik muzloq yerlarYevrosiyoning shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ular yerosti suvi bilan cho'kindi tog' jinslarining muzlashidan hosil bo'ladi. Ularning harorati doimo 0 °C dan past. Doimiy muzloq yerlarning qalinligi janubdan shimol tomonga ortib boradi (0 - 1 500 m). Atama, tayanch tushuncha va nomlar Ichki suvlar, yerusti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.09 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.09 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga