Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari

Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari

O'quvchilarga / Geografiya
Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Yevrosiyoning Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari Reja: 1. Subtropik mintaqaning tabiat zonalari. 2. Subtropik sernam musson o'rmonlar zonasi. 3. Subtropik chalacho'l va cho'l zonalari. 4. Tropik mintaqaning tabiat zonalari. 5. Tropik savannalar zonasi. Subtropik mintaqaning tabiat zonalari.Yevrosiyoning subtropik mintaqalarida qattiq bargli doimiy yashil o'rmonlar va butazorlar, subtropik aralash o'rmonlar, subtropik chalacho'l hamda cho'llar zonalari shakllangan. Subtropik o'rmonlar va butazorlar zonasiYevrosiyoning O'rta dengiz sohillari bo'ylab joylashgan. Bu yerda yoz quruq va issiq, qish iliq (o'rtacha harorat +5 +7 °Ñ) hamda seryomg'ir. Shuning uchun o'simliklar vegetatsiyasi yil bo'yi davom etadi. Yashil o'simliklar tagida hosildor jigarrang tuproqlar rivojlangan. Past bo'yli daraxtlar, mayda bargli tosh eman, yertut daraxti, mirtava boshqalar ko'p tarqalgan. Madaniy o'simliklardan anjir, anor, uzum, zaytunvasitrus mevalariyetishtiriladi. Subtropik sernam musson o'rmonlar zonasi. Bu zona Yevrosiyoning janubi sharqida musson iqlim ta'sirida hosil bo'lgan. Bu yerda yoz nihoyatda sernamligi, qish esa quruqligi va salqinligi bilan ajralib turadi. Sernam o'rmonlar uchun kameliya, kamforali dafna, paporotnikdaraxtlari xosdir. Hayvonot olamida panda, qoplon, gibbon (maymun), tapir, piton ilonlariuchraydi. Subtropik chalacho'l va cho'l zonalari.Bu zonalar mo'tadil mintaqa cho'llaridan farq qilib, yozi ancha issiq, yomg'ir kam yog'adi. Lekin mo'tadil mintaqaning cho'l o'simliklari bilan o'xshashligi bor. Bu mintaqadagi cho'l va chalacho'llarni quruq subtropik cho'llarideb ham ataladi. Nam subtropik mintaqasiga Qora dengiz qirg'oqlari tiðik misoldir. Quruq subtropik mintaqasiga moslashgan oqva qora saksovullar, shuvoq, yantoq, qum majnuntoli,erta bahorda lolaqizg'aldoqlar, iloqkabi o'simliklar o'sadi. Hayvonlardan jayron, sayg'oq, turli kaltakesaklar va ilonlar, kemiruvchilar, cho'l burguti, kalxat, yovvoyi kaptarlar, toshbaqa, quyon, tulki, turli qushlar yashaydi. Bular O'zbekiston cho'llari uchun ham xos. Tropik mintaqaning tabiat zonalari.Tropik mintaqada chalacho'l va cho'l zonalari hamda savannalar mavjud. Mo'tadil va subtropik mintaqalarning chalacho'l va cho'llariga nisbatan bu yerda harorat juda yuqori (iyulning o'rtacha harorati +30 °C ga teng), yog'ingarchilik esa nihoyatda kam bo'ladi. Arabiston yarimorolidagi Rub al-Xali qumli cho'li eng quruq va issiq joy hisoblanadi. O'simlik va hayvonlari kam. Arabiston cho'llarida yovvoyi eshak-onagr, uchqur kiyik, yirtqichlardan sirtlonva chiyabo'rilaruchraydi. Tropik savannalar zonasi.Baland bo'yli g'allagulli o'simliklar, siyrak o'rmonlarda daraxtlardan sal(balandligi 30 - 35 m), tik, akatsiyava palmalaro'sadi. Subekvatorial mintaqaga borgan sari savannalarda yog'ingarchilik miqdori ortib boradi. O'rmonlar maydoni ham kengayib boradi. Subekvatorial mintaqaning tabiat zonalari.Bu mintaqa savannalar va fasliy nam o'rmonlar zonasidan tarkib topgan. Savannalar Hindiston va Hindixitoy yarimorollarida joylashgan. Afrika savannalariga o'xshab ketadi. Bu yerda ham o't o'simliklar, daraxtlar (palma), paporotniklar, akatsiya, mangra (Gang deltasida) o'sadi. Hindixitoy yarimorolida bambuklar ko'p. hayvonlardan fil, maymun, yo'lbars, panda, qoplon, jayron, timsoh, ilon va turli qushlar mavjud (21- rasm) Subekvatorial fasliy nam o'rmonlar zonasi.daraxt turlariga juda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 119.18 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 119.18 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga