AQSHning aholisi va mehnat resurslari, bayramlari, urf-odatlari. Reja: 1. AQSHning aholisi, tarkibi va tabiiy ko'payishi. 2. AQSHning mehnat resurslari, shahar agromeliratsiyasi 3. AQSHning bayramlari va urf-odatlari. AQSHning aholisi, tarkibi va tabiiy ko'payishi. Irqlarning kelib chiqishida ko'proq biologik va geografik omillar ishtirok etgan. Ular bir-birlaridan asosan tashqi belgilari, yani rangi, sochi, yuz tuzulishi xususiyatlariga ko'ra farqlanadilar. Irq italyancha razza so'zidan olingan bo'lib, urug', zot, qabila degan manoni bildiradi. Irqlar orasida turli irqiy kamsitilishlarning yuz berganligi (apartaid siyosati) tufayli irqlar tengligini, irqiy kamsitishning jinoyat ekanligini va u xalqaro qoidalar asosida jazolanishi haqida 1973 yilda BMT tomonidan maxsus Konvensiya qabul qilingan. Jahon aholisi asosan uchta asosiy va bitta qo'shimcha irqiy guruhlarga mansubdir. Bular evropoid (oq tanli), mongoloid (sariq tanli), negroid (qora tanli) hamda son jihatdan kichik bo'lgan avstraloid xalqlaridir. Amerika qitasida turli irqlar aralash munosabatlaridan metis, mulat va sambo kabi aralash irqlar vujudga kelgan. Yevropoid va hindula (mongoloidlar) aralashuvi natijasida metislar, evropoid va negroidlar aralashuvidan mulatlar, negroid va hindular aralashuvidan sambolar paydo bo'lgan. AQSH aholisi (320.194478 kishi , o'rtacha zichligi 1 kv.km.ga 32 kishi) soni jihatidan Xitoy va Hindistondan so'ng dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Aholi soni ortishida immigratsiya asosiy rol o'ynaydi. AQSHda XIX asr oxirlariga qadar g'arbiy Yevropamamlakatlaridan, so'ngra Sharqiy Yevropa, keyingi yillarda Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlaridan immigratsiya kuchaydi. Aholining 75 % kelib chiqishi evropaliklardan iborat bo'lib (Buyuk Britaniya, Fransiya, Irlandiya, Italiya, Polsha, Ukraina, Belarus, Rossiya va boshqa davlatlar) bir nechta asosiy etnik guruhlardan iborat. Kelib chiqishi nemislardan iborat bo'lgan Amerikaliklar eng ko'p sonli bo'lib AQSH aholisining 20-25 % (60 mln. kishi ) tashkil qiladi. AQSHning hozirgi aholisi uch asosiy etnik tarkibiy qismdan: AQSH amerikaliklari, muhojirlar va tub joy aholisidan iborat. AQSH aholisining 81,7 % ni asli kelib chiqishi evropalik - amerikanlar, 12,9 % ni afro-amerikanliklar, 4,2% ni osiyoliklar, 1 % ni tub aholi - indeyslar, eskimoslar, aleutlar va 0,2% ni boshqalar tashkil etadi. Aholining o'rtacha o'sish suratlari 0,5-0,6 % . Bashoratlarga ko'ra mamlakat aholisi 2025 yilda 355.7 mln. kishini va 2050 yilda 438.2 mln kishiga ortishi mumkin. Yillik tug'ilish kayfitsenti 14-100 (bir yilda 4,100 ming kishi), o'lim kayfitsenti 8-100 (bir yilda 2,480 ming kishi), o'rtacha umr ko'rish darajasi 78 yosh (erkaklarda 75 va ayollarda 80 yosh) ni tashkil etadi. Mamlakat aholisining 151,5 mln. kishisi mehnatga yaroqli hisoblanadi. Aholining 79 % shaharlarda yashaydi. AQSH amerikaliklari millat sifatida asosan XVII asrning 2-yarmida Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning aralashib ketishi natijasida tarkib topgan. Afroamerikaliklar (qoralar deb ataluvchi negrlar) AQSH amerikaliklarining irqiy-etnografik guruhi bo'lib, ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.95 KB
Ko'rishlar soni
277 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.95 KB
Ko'rishlar soni
277 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:26 ]
Arxiv ichida: docx