AQSH davlat tizimi, ma'muriy hududiy bo'linishi va ta'lim tizimi

AQSH davlat tizimi, ma'muriy hududiy bo'linishi va ta'lim tizimi

O'quvchilarga / Geografiya
AQSH davlat tizimi, ma'muriy hududiy bo'linishi va ta'lim tizimi - rasmi

Material tavsifi

AQSHning Davlat tizimi, ma'muriy hududiy bo'linishi va ta'lim tizimi. R Ye J A : 1. AQSHning boshqaruv davlat tizimi va siyosiy partiyalari 2. AQSHning ma'muriy hududiy bo'linishi va ularga siyosiy ta'rif 3. AQSHning ta'lim va madaniy - ma'rifiy tizimlari 1. AQSHning boshqaruv davlat tizimi va siyosiy partiyalari. Amerika Qo'shma Shtatlari Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti -Vashington shahri, BMT azosi. AQSH ma'muriy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugiga bo'linadi. Puerto-Riko Hamdo'stligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdo'stligi, Guam, Virginiya orollari, Sharqiy Samoa ham AQSHga qarashli. AQSH - federativ Respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1787 yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig'i, qurolli kuchlar bosh qo'mondoni - Prezident. Vitse-prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yo'li bilan (saylovchilar hayati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organ -AQSH kongress; kongressi ikki palata vakillar palatasi va senatdan iborat. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 13 qismi har 2 yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi -kabinet(hukumat a'zolari)ni Prezident Senatning roziligi bilan tayinlaydi. Kabinet(hukumat) a'zolari 13 vazirdan iborat bo'ladi. Har bir shtatning o'z konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. AQSH davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar - hokimiyatning bo'linishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning bo'linish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmog'i - qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular o'rtasida vazifalarning chegaralab qo'yilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq - Kongress, Prezident va Oliy suddir. AQSHda 1789 yil 30 apreldan to hozirgi kungacha turli vaqtlarda har xil partiyadan Respublika Prezidenti (Vitse-prezident) bo'lganlar to'g'risidagi ma'lumotning bazilarini keltiramiz. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. AQSHda faol partiyalardan ikkita bo'lib, biri bu Respublikachilar partiyasi 1854 yilda yangi hududlarda qulchilikni tarqalishiga qarshi chiqqanlar tomonidan tuzilgan bo'lib, bu partiya A.Linkolm Prezidentlik qilgan davr (1861-1865y.y.) dan boshlab mamlakatda yetakchilik qiladi, hatto uni Buyuk qadimiy partiya deb ham ataydilar. Shu davr ichida bir necha marta ushbu partiya vakili Prezident bo'lib davlatni boshqarib keldi. Shuningdek, mamlakatdagi ikkinchi partiya bu Demokratik partiyasi bo'lib, 1828 yilda tuzilgan. Ushbu partiyadan ham qator yillar davomida Prezidentlik lavozimida partiya vakillar davlatni boshqarib kelmoqda. AQSHda yetakchi ikki partiyasidan tashqari yana 38 ta federal uchinchi partiyalar mavjud, biroq ular siyosatga ta'sir qilmaydi. AQSHda yana bir Kommunistik partiya faoliyat olib borib, u 1919 yilda tuzilgan. Libertarian partiyasi 1971 yil 11 dekabrda tuzilgan. Ularning asosiy shiori- shaxs ozodligi, shu bilan birga erkin bozor iqtisodiyoti, erkin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 89.42 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 89.42 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga