AQSHning sanoati va qishloq xo'jaligi. Reja: 1. AQSH iqtisodiyotining rivojlanishi. 2. AQSH sanoat tarmoqlari. 3. AQSH qishloq - xo'jaligi: a). Dehqonchilik tarmog'i b). Charvochilik tarmog'i. 1933-yil 16-iyunda kuchga kirgan sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun Yangi yo'nalish doirasidagi eng muhim tadbir bo'lgan. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan boshqarilishini belgilab berdi. Birinchi jahon urushi natijasida AQSH Dunyodagi etakchi davlatga aylanadi. Amerika kompaniyalari Yevropamamlakatlariga ulkan miqdorda va yuqori narxlarda harbiy jihozlar, qurol -yaroq va oziq ovqat yetkazib berdi. Ko'plab Yevropamamlakatlari AQSHdan urush olib borish uchun kredid oldilar va urushdan so'ng AQSH oldida qarzdor bo'lib qoldi. 1933 yil 12 mayda fermerlarga yordam haqidagi qonunni qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga bo'lgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzorlar maydonini, chorva turini qisqartirish haqida va davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va nomalum muddatga to'xtatib qo'yildi. Davlat yuzminglab fermerlarga kredit berdi. 1935 yili AQSH Kongressi Vagner qonuni ni qabul qildi. Mazkur qonun bo'yicha ishchilar jamoaviy shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash huquqiga ega bo'lishdi. Kasaba uyushmalari huquqlari va ish tashlash huquqining tan olinganligi ishchilar sinfining o'z saflari birligi uchun kurashiga yangi turtki berdi. AQSH milliy daromadining 66,3 % sanoat tashkil qilinadi. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari qo'lida. Ular orasida: Ekson, Mobil, Teksako, Shevron, Standard oyl of Kaliforniya, Standard oyl of Indiana, Galf oyl neft, Jeneral motore, Ford motor, Kraysler avtomobil, IBM, Jeneral elektrik, ITT elektr mashinasozligi, YU. S. Stil po'lat quyish, Dyupon de Nemur kimyo va boshqa korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat korporatsiyalari orasida Jeneral daynemiks, Lokxid, Makdonnel Duglas, Grumman, Xyuz eyrkraft yetakchi o'rinni egallaydi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va energetika sanoati g'oyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning 74 % issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 14,1 % AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika qo'ltig'i sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), ko'mir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori ko'l atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va shu kabilar qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari - Chikago, Pittsburg , Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning yetakchi tarmog'i - mashinasozlik va metallsozlik. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahrida, samolyot, raketa va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa shaharlarda joylashgan. Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) AQSH shimoliy-sharqiy sohili portlarida rivojlangan. Atom sanoatining asosiy markazlari - Ok-Rij, Padyuka, ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.76 KB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.76 KB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:26 ]
Arxiv ichida: docx