AQSHning tabiati va tabiiy resurslari. Reja: 1. AQSHning relef tuzilishi. 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. 3. AQSHning iqlimi, ichki suvlari. 4. AQSHning o'simlik va hayvonat dunyosi. AQSHning relef tuzilishi. AQSH tog'lar va bepoyon tekisliklar mamlakati. Mamlakat relefi uch qismga bo'linadi. Mamlakat relefining g'arbiy qismlari baland tog'li o'lkalar, sharqiy qismi esa tekislik va past tog'lardan iborat, Mamlakat hududining yarmiga yaqinini tog' tizmalar, tog'li tekisliklar egallagan. Tinch okean sohili baland tog'lar Kordilera tog' tizmalaridan iborat. Kordilera tog'larining yuqori nuqtasi AQSH Alyaskasidagi (Ushbu nuqta Shimoliy Amerikadagi eng baland nuqta ham hisoblanadi) Mak-Kinli chuqqisi bo'lib uning balandligi 6193 metrdir. Markaziy AQSHda esa eng baland hudud Kordileraning Serra-Nevada tog' massividagi 4418 metrli Uitni cho'qqi hisoblanadi. Sharqda Appalachi tog'lari joylashgan. Uning baland nuqtasi - Mintchell chuqqisi bo'lib uning balandligi 2037 metr. Hududning eng past joyi Kaliforniyadagi Ajal vodiysi (Dengiz sathidan - 86 m pastda ) hisoblanadi. Kordilera bilan Appalachi o'rtasida Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar, Meksikabo'yi, Florida va Atlantikabo'yi tekisliklarini o'z ichiga olgan ichki tekisliklar joylashgan. Atlantika okeanining AQSH qirg'og'ida ko'rfaz va qo'ltiqlar juda ko'p, sohillari asosan pasttekislikdan iborat; eng katta yarim oroli- Florida. Tabiiy sharoiti va resurslari. AQSH yer osti va yer usti foydali qazilmalarga juda boy. Jumladan, toshko'mir, qo'ng'ir ko'mir, neft, yonuvchi gaz, temir, marganets, titan, xromit, mis, rux, qo'rg'oshin, kumush, polimetal, nekil, kobalt, alyuminiy, molibdan, volfram, simob, surma, uran rudalari, oltin, platina, oltingugurt, fosfort, osh va kaliy tuzlari kabi yer osti va yer usti boyliklari uchraydi. Ayniqsa, yoqilg'i energiya resurslari, qora va rangli metallarning yirik zahiralari, tog' kimyo xom- ashyosi va boshqa resurs zahiralari bilan ajralib turadi. AQSH neft va gazning yirik zahiralariga ega. Yirik neft va gaz havzalari AlyAsqada, mamlakat janubidagi Texas, Nyu-Meksika, Luiziana, Tinch okean sohillari bo'yidagi Kaliforniya shtatilari, Meksika ko'rfazi hududida nihoyatda ko'p. Mamlakatda yiliga o'rtacha 338 million tonna atrofida neft va 661 millyard kub metr tabiiy gaz olinadi. Yiliga 1 mlrd tonna atrofida ko'mir (Toshko'mir-932 mil. tonna va qo'ng'ir ko'mir-76 mil. tonna) qazib olinadi va Xitoydan keyin Jahonda 2- o'rinda turadi. Yirik ko'mir havzalari Buyuk ko'llar havzasi, Sharqiy provensiyada (Appalachi), Buyuk tekisliklar shimolida va Alyaska hududida joylashgan. Temir, mis va boshqa rudalar Michigan va Minnesota shtatlarida , molibdin va volfram tog'li shtatlarda, mis Arizona, Yuta, Nyu-Meksika, Montata shtatlarida, rux Tennissi va Nyu-Jersi, qo'rg'oshin - rux rudalari Aydaxo, Yuta, Montana, Missuri shtatlaridadir. Qimmatbaho oltin konlari zahiralari Alyaska, Kaliforniya,Nivada, Yuta, Kaliforniya, Arizana, Pensilvaniya, Michigan kabi shtatlar hududida nihoyatda ko'pdir. Shuningdek, kumush, platina, uran, kamyob va sochma metallarga boy Kordilerada, fosforit Florida, Shimoliy ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.27 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.27 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:26 ]
Arxiv ichida: docx