Amerika Qo'shma Shtatlarining Jahon iqtisodiyotidagi tutgan o'rni, geografik joylashuvi va tarixi Reja: 1. AQSHning joylashgan geografik o'rni, maydoni va chegaralari 2. AQSHning rivojlanish tarixi 3. AQSHning Dunyo mamlakatlari orasidagi tutgan iqtisodiy salohiyati 1. AQSHning joylashgan geografik o'rni, maydoni va chegaralari. Rasmiy nomi- Amerika Qo'shma Shtatlari. Poytaxti- Vashington shahri. Maydan 9.519431 million kv.km.(4- o'rin) . Aholisi 320.194478 kishi (3-o'rin), o'rtacha zichligi 1 kv.km.ga 32 kishi. Davlat tili- ingliz tili. Pul birligi AQSH dollari. Geografik joylashuvi Shimoliy Amerika materigi. Mustaqillik kuni 1776 yil 4 iyul (1783 yil 3 sentyabr). an'anaviy shiori ko'pchilikdan birlikka. AQSH federativ Respublika, 44 - Prezident Barak Obama (20.01.2009 yildan, Demokratlar partiyasidan). AQSH siyosiy-ma'muriy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugdan iborat. AQSH hududining kattaligi jihatidan dunyo mamlakatlari o'rtasida 4-o'rinda (Rossiya, Kanada, Xitoydan keyin) turadi. AQSH iqtisodiy-geografik jihatdan qulay, ammo bir-biridan uzoq uch hududdan iborat. Asosiy hududi yani 48 ta shtatdan iborat qismi Shimoliy Amerikaning markaziy qismida joylashgan, shimolda Kanada (64160 km.) va janubda Meksika davlatlari (3326 km.) bilan (chegaralar tabiiy ravishda -tog' tizmalari, daryo va ko'llardan o'tgan) chegaralangan. AQSH hududini g'arbdan Tinch okeani, sharqdan Atlantika okeani suvlari yuvib turadi. AQSHning shimoldagi 49- Alyaska shtati (hudud maydoni 1.519 ming kv.km, aholisi 600.00 kishi) materikning shimoli-g'arbiy qismida joylashgan va uni Shimoliy Muz va Tinch okeani suvlari shimoli-g'arb va janubi-g'arb tomondan yuvib turadi. Quruqlikda Kanada bilan (2477 km.) chegaradosh. Alyaska shtati hududi g'arbdan Bering bug'ozi orqali Rossiya Fedratsiyasi (Ratmanov oroli) bilan chegaradosh. Malumki, Alyaska yarim oroli hududi ilk bor sibirlik qabilalar tomonidan bir necha ming yilliklar oldin kashf etilgan va ular Bering bo'g'ozidan o'tib-kelib to'rgan. Bu hududga rasmiy ravishda birinchi marta 1732 yil 21 avgustda G'arbiy Yevropaliklar kirib kelgan. Alyaska hududi 1799-1867 yillarda rus-amerika kompaniyasi nazoratida bo'lgan. Chor Rossiyasi Alyaska hududini (1.519 ming kv.km. maydonni) AQSHga 1867 yil 30 martda 7.2 mil. AQSH dollariga o'z qarzlari hisobiga sotib yubordi. Shuningdek, AQSHning 50-shtati Gavayi ( 24 ta orollar majmuasidan iborat, 16.7 ming kv.km, aholisi 1.3 mln kishi) Tinch okeanining markaziy qismida joylashgan. AQSH siyosiy-ma'muriy jihatdan 50 shtat (shtatlar quyi ma'muriy okruglarga bo'linadi) dan iborat. Undan tashqari, AQSHga , Panama kanali havzasi okrugi, Gavayi orollari, Guan orollari, Sharqiy Samoa, Virgin orollari hamda, Kuba orolidagi Guantanomo harbiy bazasi qarashlidir. AQSH iqtisodiy-geografik o'rni qulay bo'lib, jahon mamlakatlari bilan samarali transport-iqtisodiy aloqalarni olib borish imkonini beradi. AQSH nisbatan yosh davlat, malumki evropaliklar tomonidan XYI -asrdan boshlab o'zlashtirilgan. Dastlab, Atlantika qirg'oq bo'ylarida Buyuk Britaniyaning 13 ta kaloniyasi tashkil etilgan. 1776 - yili AQSH mustaqilligi elon qildi. XX ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.79 KB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.79 KB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:26 ]
Arxiv ichida: docx