AQSH transport tarmoqlari va tashqi iqtisodiy aloqalari

AQSH transport tarmoqlari va tashqi iqtisodiy aloqalari

O'quvchilarga / Geografiya
AQSH transport tarmoqlari va tashqi iqtisodiy aloqalari - rasmi

Material tavsifi

AQSHning transport tarmoqlari va tashqi iqtisodiy aloqalari Reja: 1. AQSHning transport tarmoqlari a) avtamobil transporti b) temiryo'l transporti v) havo transporti g) suv transporti d) quvur (neft, suv) transporti 2. AQSH tashqi iqtisodiy aloqalari 3. AQSHning O'zbekiston Respublikasi bilan hamkorligi AQSHning transport tarmoqlari. Ichki yuk tashishda avtomobil transporti, temiryo'l transport, ichki suv transporti, dengiz transporti, havo transporti, gaz va neft quvurlari muhum ahamiyatga ega. AQSH transport yo'llarining uzunligi, yuk va aholi tashish hajmining ko'pligi bo'yichi dunyoda birinchi o'rinda turadi. Shaharlararo transport bo'yicha yuk tashish aylanmasi 300 mlrd tkm.dan oshadi. Yuk tashish bo'yicha birinchi o'rinda temiryo'l transporti turadi, yani yuk aylanmasining 410 qismini tashkil etadi. Ikkinchi o'rinda avtomobil hamda quvur transportlari, har biriga umumiy yuk tashish xajmining 15 qismidan ko'prog'i to'g'ri keladi. Yuklarning 16 qismining ichki suv transporti tashiydi. Qimmatli va shoshilinch bo'lgan yuklarni havo transporti tashiydi, biroq uning umumiy yuk tashishdagi ulushi atigi 0.3%ni tashkil qiladi. Aholi tashish bo'yicha birinchi o'rinda avtomobil transporti turadi yani, shaharlararo qatnovlarning 910 qismi shaxsiy transportda , uzoq qatnovlarning asosiy qismi samolyotlarda amalga oshiriladi. Mavjud transport turlari AQSHning turli davrlarida o'z ahamiyatiga ega bo'lgan. Malumki, ilk transport turi suv transporti bo'lib, u koloniyachilarni mamlakatga daryo orqali olib kirgan. Keyinchalik ot aravalar uchun yo'llar tashkil topgan. Keyinchalik esa temiryo'llar qurilib, ularning birinchi jahon urushi paytida uzunligi 407 ming km.ni tashkil qilib, shaharlararo umumiy aholi qatnovining 98% ini, yuk tashishning esa 75% ini amalga oshirgan. Vaqt sayin quvurlar, havo transporti va avtomobil transporti paydo bo'lishi bilan temiryo'l transportidan foydalanish darajasi ancha kamayib bordi. Transport yo'llarining uzunligi AQSH avtotransporti yuk tashishda jahon bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi, yani umumiy yuk tashish xajmining 27% tashkil qiladi. Mamlakatda avtomobil soni kun sayin ortib bormoqda, bunga asosiy sabab avtomobil yo'l tarmog'ining yaxshi rivojlanganligidir. Avtomobil transporti transport turlari orasida asosiy rolni o'ynab, aholi qatnovining 80%ini tashkil qiladi. Bu transport turi temiryo'l transportidan keyinroq rivojlangan. Amerikaning barcha shaharlarida aholi tashish transporti tarmoqlari yaxshi rivojlangan bo'lishiga qaramay, aholining asosiy qismi shaxsiy avtotransportda qatnaydi. AQSHda avtomobil transportining rivojlanishiga asosiy sabab yuqori tezlikda harakatlanish imkoniyatini beruvchi avtoben larning qurilishi. U boshqa yo'llar bilan kesishmaydigan ko'p polosali trassadir. Barcha chorraha yo'llari mavjud magistraldan yuqoriroqda yoki pastroqda maxsus qurilgan mostlar orqali o'tadi. Bunday avtoben yo'llar avtomobillarning magistral yo'llarida yuqori tezlikda harakatlanishini ta'minlaydi va AQSH shtatlari orasida qatnoviga qulayliklar yaratib beradi. AQSH avtomobil transporti zamonaviy transport vositalari va yo'llariga, yuqori darajada xizmat ko'rsatuvchi servis tizimga ega. Avtomobil yo'llarining umumiy uzunligi 6.500 ming km: shundan qattiq qoplamga ega bo'lgan yo'llar 5.400 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.11 KB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.11 KB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga