Avstraliya aholisi, iqtisodiyoti va tashqi iqtisodiy aloqalari

Avstraliya aholisi, iqtisodiyoti va tashqi iqtisodiy aloqalari

O'quvchilarga / Geografiya
Avstraliya aholisi, iqtisodiyoti va tashqi iqtisodiy aloqalari - rasmi

Material tavsifi

Avstraliya aholisi, iqtisodiyoti va tashqi iqtisodiy aloqalari. R Ye J A: 1). Avstraliya aholisi tarkibi va tabiiy ko'payishi. 2). Avstraliya sanoati tarmoqlari, qishloq xo'jaligi va transporti. 3). Avstraliyaning tashqi iqtisodiy aloqalari. 1. Avstraliya aholisi tarkibi va tabiiy ko'payishi. Avstraliya aholisi deyarli bir millatli bo'lib, uning 77 % ini Buyuk Britaniya va Irlandiyaning immigrantlar-anglo Avstraliyaliklar tashkil qiladi. Mahalliy aholi- aborogen va metislar juda ozchilikni tashkil qiladi (1,5 % atrofida). Avstraliyaning uzoqligi, kam o'rganilganligi dastlab evropaliklar tomonidan davlat jinoyatchiliklari surgun qiladigan joy sifatida foydalanilgan bo'lsa, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab oltin topilishi va go'sht- sut, jun chorvachiligining rivojlanishi bilan Buyuk Britaniyadan ommaviy immigratsiya mamlakatga aylandi va tezlikda aholi surati 20 % ga qadar o'sishini ta'minladi. Aholisining tabiiy ko'payishi ancha past. Aholisining hozirgacha migratsiya darajasi (yiliga 100-150 ming) katta ta'sir etmoqda. Aholisining o'rtacha zichligi 1 kv.km. ga 3 kishi bo'lib, u juda notekis joylashgan. Masalan: Avstraliya maydoning 65 % ida mamlakat aholisining 1%i, mamlakatning janubi-sharqini egallagan 10 % maydonida 91 % aholi yashaydi. Eyr ko'li atrofida doimiy yashavchi aholi umuman yo'q, lekin janubi-sharqiy sohillarida 1 kv.km. joyga 250 tagacha aholi to'g'ri keladi. Tub joy aholi (aborogen va metislar) va duragaylar Avstraliya aholisining 1,5 % iga yaqinini tashkil etadi; Shuningdek, bu hududda ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar, ruslar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Hatto bir necha yuzlab o'zbeklar ham yashab kelmoqda. Demografik ko'rsatkichlari: Tug'ilish koeffitsiyenti - 14‰, o'lim koeffitsiyenti - 6 ‰, o'rtacha umr ko'rish darajasi - 80 yosh (ayollarda 82 yosh, erkaklarda 78 yosh), ishsizlik darajasi - 4,3%, aholi jon boshiga YaMM - 40680 AQSH $, aholi zichligi - 1 kv.km.ga 3 kishi, 15 yoshgacha bo'lganlar jami aholining 20%ini,kattalar66%ini,64 yoshdan o'tganlar14%ni tashkil etadi. Bir ayolga 1,7 bola to'g'ri keladi. Davlat dini - xristian dini va unda qo'yidagi anglikanlar( %), katoliklar(25,8%), protestlar(20%), pravoslovlar(4%) va boshqa din vakillari yashaydi. Yevropaliklar 92%, Osiyoliklar 7%, tub aholi 1% atrofidadir. Urbanizatsiya darajasi materiklar bo'yicha eng yuqori, yani 82 % ni tashkil qiladi. Sidney (3,7mil.), Melburn, Brisben, Pert, Adelaida - millioner shaharlar hisoblanadi. 2. Avstraliya sanoati tarmoqlari, qishloq xo'jaligi va transporti. Sanoati. Avstraliya iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarish, yani tog'-kon sanoati, metallurgiya, to'qimachilik va oziq-ovqat sanoati etarlichi o'rin tutadi. Iqtisodiy faol aholining 35 % i sanoat, 7 % i qishloq xo'jaligi, 7 % i transport tarmoqlarida va 50 % i noishlab chiqarish sohalarida (savdo, moliya-bank, xizmat ko'rsatish) band. Avstraliya xo'jaligida an'anaviy qo'ychilik iqtisodiyotning milliy tarmog'idir. Ayni vaqtda chorvachilik tarmoqlari negizida eksport yo'nalishidagi yirik va xilma-xil oziq-ovqat sanoati (go'sht va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.06 KB
Ko'rishlar soni 354 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.06 KB
Ko'rishlar soni 354 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga