Buyuk Britaniyaning aholisi, mehnat resurslari, urf-odatlari va bayramlari. R Ye J A : 1. Buyuk Britaniyaning aholisi, tarkibi va tabiiy ko'payishi. 2. Buyuk Britaniyaning mehnat resurslari, shahar urbanizatsiyasi darajasi. 3. Buyuk Britaniyaning urf-odatlari va bayramlari. Buyuk Britaniyaning aholisi, tarkibi va tabiiy ko'payishi. 2011 yil holatiga ko'ra Buyuk Britaniya aholisi soni 63 181 775 ( 63.230 00) kishi., jumladan Angliyada 53 012 456 kishini, Shotlandiyada 5 295 00 kishini, Uelsda 3 063 456 kishini, Shimoliy Irlandiyada 1 810 863 kishini tashkil qilgan. Buyuk Britaniya aholisi 1801 yilda 16 mln 300 ming kishini, 1901 yilda 41 mln 600 ming kishini, 2001 yilda 58 mln 800 ming kishini va 2015 yilda 65 mln kishini tashkil qilmoqda. Qo'shma Qirollik aholisining uzoq ajdodlari Keltlar bo'lgan (faqat shotlandlar igel piktlaridan, keyinchalik keltlar bilan qo'shilib ketgan.) Hozirda esa Buyuk Britaniyaning aholisinig asosiy qismini angliyaliklar tashkil qilib, ular asosan Angliyada, Uelsning ko'p qismida va Shotlandiya janubiy qismining bir qancha hududlarida yashaydilar. Shotlandiyaliklar asosan Shotlandiyada, yani Buyuk Britaniya orolining shimoliy g'arbiy qismida va unga qo'shni bo'lgan Shotlandiya, Orkney va Gebrid orollarida istiqomat qiladi. Orolning shimoli- g'arbiy qismidagi tog'larida esa o'ziga xos urf odatlarini va madaniyatini saqlab qolgan etnik guruh - gellar yashaydi. Velliklar asosan Uelsda ko'proq uchraydi. Shimoliy Irlandiyada 500 ming kishi tub aholi, yani irlandlar (katolik), shu bilan birgi 1 milliondan ko'proq Anglo-irlandlar va shotlandlar yashaydi. Buyuk Britaniyada turli irq vakillari yashaydi. Ulardan oq tanlilar - 92.1% (54 153 898 kishi) jumladan, britaniyaliklar shu ko'rsatgichning 85.7% (50 336 497 kishi) ini tashkil qiladi. Aholining asosiy etnik guruhlari Buyuk Britaniya aholisini oq tanli bo'lmaganlarining 45%i Londonda yashaydi. Ingliz tili german tillarining shimoliy g'arbiy guruhiga kiradi. Angliyaliklardan tashqari shotlandlar va valliy (Uels) larning ko'p qismi Keltlardan kelib chiqqan bo'lsada ingliz tilida so'zlashadilar. Hozirgi vaqtda qirollikda aholi sonining o'sishi nisbatan past, sababi tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlarining yaqinligi va emigratsiya ijobiy saldosining pasayishidir. Aholining band qismini erkaklar -13,6 mln.kishi, ayollar esa deyarli 2 baravar kam yani - 7,6 mln.kishini tashkil qiladi. Aholining davlat iqtisodiy hayotida ishtirok etadigan qismining o'rtacha yoshi 35-40 yoshni tashkil qilib, biroq millatning qarishi sababli bu ko'rsatkich 45-60 yoshga etmoqda. Aholi yoshining tarkibi: 0-14 yoshgacha bo'lgan bolalar 17.2%ni, 15-64 yoshgacha bo'lganlar 67%ni, 65 va undan yuqori yoshdagilar 15.8% ni tashkil qiladi. Aholining o'rtacha yoshi 39.6 yoshni, jumladan erkaklar 38.5 yosh, ayollar 40.7 yoshdir. Hayotning o'rtacha davomiyligi 78.7 yoshni , jumladan erkaklar 76.2 yosh, ayollar 81.3 yosh. Yillik o'sish tempi -0.275% na tashkil qiladi. Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.09 KB
Ko'rishlar soni
332 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.09 KB
Ko'rishlar soni
332 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: docx