Buyuk Britaniyaning sanoati, qishloq xo'jaligi, transport geografiyasi va tashqi iqtisodiy aloqalari. R Ye J A : 1. Buyuk Britaniyaning iqtisodiyot tarmoqlari (sanoati, qishloq xo'jaligi va transporti). 2. Buyuk Britaniyaning tashqi iqtisodiy aloqalari. 3. Buyuk Britaniya va O'zbekiston o'rtasidagi iqtisodiy va ijtiomiy sohasidagi aloqalar. Buyuk Britaniya - iqtisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning ( 2,172 trln AQSH dollori hisobida) 23 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi, 75, % ni xizmat ko'rsatish tarmog'i beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bog'langan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir qadar taraqqiy etdi. 2-jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur etdi: mamlakat milliy boyliklarining 14 qismi qo'ldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 14 qismini qo'ldan boy berishga yoki sotishga majbur bo'ldi. Iqtisodiyotning harbiy izga 'tushirilishi ko'pdan-ko'p behuda xarajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishda 1948 yilda Buyuk Britaniya ulushi 11,9 % edi, 1968 yilda 7,4 % ga tushib qoldi. Sanoati Buyuk Britaniya eksportining 90 % ni sanoat ta'minlaydi. 2-jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta o'zgarishlar sodir bo'ldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoqlar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Hozirda Buyuk Britaniyada yiliga o'rtacha yoqilg'i-energetika sanoati- neft yillik qazib olish hajmi 130 mln. tonna (neftning 130 dan ortiq konlari mavjud. Umumiy zahirasi -2 trln. m³), gaz yillik qazib olish hajmi -90 mlyard. m³ (gaz qazib oluvchi 80 ta kon mavjud, umumiy zahirasi 2 mlyard. tonna), elektroenergitika- 304,5 mlrd. kVsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (86% -IES, 12% -GES, 2%-AES), shuningdek 17,5 mln. tonna po'lat, 10 mln. tonna cho'yan, 120 mln. tonna atrofida toshko'mir qazib olinadi. Mashinasozlik - sanoatning muhim tarmog'i, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbob-uskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni qayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, madanli o'g'it, bo'yoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota i. ch.), to'qimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va boshqa tarmoqlari bo'yicha yirik korxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining ko'pchiligi Janubiy va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari - London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild shaharlarda. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari - Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya korxonalari - Midlend, Janubiy Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati korxonalari Shimoliy va G'arbiy Angliya va London ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.28 KB
Ko'rishlar soni
409 marta
Ko'chirishlar soni
54 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:28
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.28 KB
Ko'rishlar soni
409 marta
Ko'chirishlar soni
54 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: docx