Mavzu: CHO'L O'SIMLIKLARI Reja: 1. Cho'l o'simliklari 2. Qumli cho'l o'simliklari. 3. Sho'rxok cho'l o'simliklari. 4. Lyossli cho'l yoki efemer cho'l o'simliklari. Cho'l o'simliklari.O'rta Osiyo hududining g'arbiy qismi juda katta tekislikdan iborat bo'lib, u yerda qumli, toshloq (gipsli), gilli cho'llar tarqalgan. Ko'p yerlarni, ayniqsa, pastroq gilli yerlarni sho'ra o'simliklar o'sadigan sho'rxoklar egallagan. Qumli cho'l o'simliklari.O'rta Osiyoda qumli cho'llar Bo'rsiq cho'llari, Mo'yinqum, Qoraqum, Sariqsuv va Balxashbo'yi qumlari, Orolbo'yi Qoraqumi, Unguzorti Qoraqumi hamda Qizilqumning katta maydonlarini egallaydi. Qumli cho'llarning katta qismida qumda o'suvchi o'simliklar: daraxtlardan oq saksovul (ba'zan bo'yi 6-7 metrga etadi), yirik juzg'un ko'p. Butalardan qum akatsiyasi, chala butalardan shuvoq, pechak va sho'raklar juda ko'p tarqalgan. Bu yerda o'tlar orasida iloq, lola, boychechak, gulsapsar, boshoqlilardan qo'ng'irbosh, arpag'on ko'p. Toshli, ya'ni giðsli cho'llar kichikroq maydonni egallaydi. Ular Ustyurt, Qorsoqboy, Betbaqdala, Mang'ishloq, Qoraqum, Qizilqumdagi qoldiq tepalik va past tog' etaklarida keng maydonlarni egallagan. Toshli cho'llarda o'simliklar siyrak bo'lib, faqat shuvoq,chala buta shaklidagi sho'raklar, tuyatovon, kermak, toshbaqatol, kavrak kabi o'simliklar o'sadi. Shuvoq ko'p uchraydi. Sho'rxok cho'l o'simliklari.Sho'rxok yerlarda, asosan, sho'ralarning ba'zi turlari: bir yillik sho'rak, qorabargo't, qizil sho'ra, yer bag'irlab o'sadigan chala buta sarisazan, shuningdek, ajriq, qora saksovul, burgan o'sadi (20- rasm). Lyossli cho'l yoki efemer cho'l o'simliklari.Efemer cho'llar O'rta Osiyoning qalin soz tuproq lyoss) qatlamlari mavjud bo'lgan sharqi va janubidagi tog' etaklaridagi tekisliklarda tarqalgan. Ular Mirzacho'lda, Zarafshon vodiysida, Badxiz cho'lida, Kopetdog' oldida, Murg'ob - Amudaryo oralig'ida, Òoshkent yaqinidagi Keles tekisligida, shuningdek, Qashqadaryo ham- da Surxondaryoning tog'oldi hududlaridagi qalin lyossli yerlarda uchraydi. O'rta Osiyoning efemer cho'llarida rang va qo'ng'irbosh boshqa o'simliklarga qaraganda ko'p uchraydi. Bu yerda boychechaklar, ayiqtovon, arpag'on, mortuq, chitir, lolalar va boshqa ba'zi o'simliklar o'sadi. To'qay o'simliklari.O'rta Osiyoning tekislik qismidagi daryo vodiylarida, ko'llar bo'yida to'qay o'simliklari ko'p o'sadi. Bu yerlarda namlik, issiqlik, yorug'lik va oziqa moddalarning yetarli bo'lishi o'ziga xos tabiiy kompleks - to'qaylarni vujudga keltirgan. To'qaylarda o'simliklarning 3 turi: daraxt, buta va o't o'simliklari o'sadi. Daraxtlardan, asosan, turang'il, tolva jiydaeng ko'p tarqalgan. Butalar yulg'un, jing'il va oqtikandan iborat. Qayirlarning pastki qismidagi sernam yerlarda, asosan, qamish yoki qo'g'a, balandroq va quruqroq yerlarda yirik g'allagulli o'simliklar -savacho'p, oqbosh, yantoq, qizilmiyava boshqa o't o'simliklari o'sadi. Savol va topshiriqlar 1. O'rta Osiyo cho'llarining turlari va ularga xos o'simliklarni alohida jadval tarzida ifodalang. 2. Cho'l o'simliklari cho'l sharoitida o'sishga qanday moslashgan? So'zlab bering. 3. Efemer o'simliklarning xususiyatlari nimalardan iborat? 4. To'qaylarda nima sababdan o'simlik turlari ko'p? ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
66.74 KB
Ko'rishlar soni
196 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
66.74 KB
Ko'rishlar soni
196 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:30 ]
Arxiv ichida: docx