Farg'ona viloyati FARG'ONA VILOYaTI - O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938 y. 15 yanv.da tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Farg'ona vodiysining jan.da joylashgan. Shim.dan Namangan, Andijon viloyatlari, jan. va sharqdan Qirg'iziston, g'arbdan Tojikiston Respublikalari b-n chegaradosh. Mayd. 6,8 ming km2. Aholisi 2815 ming kishi (2004). Tarkibida 15 tuman (Bag'dod, Beshariq, Buvayda, Dang'ara, Yozyovon, Oltiariq, Oxunboboev, Rishton, So'x, Toshloq, Uchko'prik, Farg'ona, Furqat, O'zbekiston, Quva), 9 shahar (Beshariq, Marg'ilon, Rishton, Farg'ona, Yaypan, Quva, Quvasoy, Qo'qon, Hamza), 10 shaharcha (Bag'dod, Dang'ara, Do'stlik, Yozyovon, Muqimiy, Oltiariq, Toshloq, Chimyon, Sho'rsuv, Yangi Marg'ilon), 164 qishloq fuqarolari yig'ini bor (2004). Markazi - Farg'ona sh. F.v. O'zbekistonning qad. madaniyat o'choqlaridan biri. Viloyat hududida topilgan tosh davri manzilgoxlari va qoyatoshlariga solingan suratlar vodiyda odamlar eng qad. davrlardan beri yashab kelganliklaridan darak beradi. F.v.ning tosh davri yodgorliklarini 1954 y. A.P. Okladnikov rahbarligidagi arxeologiya otryadi o'rgangan. Vodiyning sharqiy qismidagi Qayroqqum, Xo'jag'or va Uchqo'rg'on makonlaridan muste davriga oid tosh qurollar topildi. Vodiyning g'arbiy qismidagi qad. tosh davri madaniyatiga oid manzilgohlar muste davridagi Qalacha, Jarqo'ton va Qapchig'ay tosh qurollar ishlash ustaxonalari topilib o'rganildi. 1958 y. birinchi marta Markaziy Farg'onadan mezolit davriga oid mikrolit tosh qurollari topildi. Shuningdek, Markaziy Farg'onadagi Uzunko'l va Tayloqko'l atroflaridan mezolit va neolit davrlariga oid 24 ta manzilgoh borligi aniqlandi (1965). So'x vohasidagi 28 g'or va ungurlar (Selungur, Eshma, Obishir, Sur, Bel, Zim, Ovikambar, Bog'ishim va b.) ro'yxatga olindi. Obishir g'orlaridagi madaniy qatlam yaxshi saqlangan. G'orlarni qazish jarayonida mezolit davriga oid tosh qurollar, hayvon suyaklari topilgan. Bular o'sha davr turmushini o'rganish imkonini beradi. 1967 va 1969-70 y.larda SanktPeterburgdagi Ermitaj muzeyi xodimlari mezolit va neolit davrlariga oid 35 ta manzilgohtopdilar. F.v.ning arxeologik yodgorliklarini o'rganishda Katta Farg'ona kanalining qazilishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Kanalni qazish jarayonida jez davri, quldorlik va zamindorlik jamiyatlariga oid yodgorliklar topildi va tekshirildi. Quva va Toshloq tumanlari o'rtasidagi Akbarobod qishlog'ida jez davriga oid manzilgoh, Marg'ilonsoyning chap sohilida Oqtom qabristoni bo'lganligi aniqlandi. F.v.ning Quva tumanida quldorlik davriga oid Taxyontepa, Farg'ona sh.da Simtepa (Chimtepa) kabi yodgorliklar topib o'rganilgan. Ayniqsa, Quva sh.dagi mil. av. 5-a. va o'rta asr boshlariga oid topilmalar yaxshi tekshirilgan. 10-11-a.larga doir tarixiy manbalarda bu shahar obodligi va kattaligi jihatidan vodiyda Axsikatdan so'ng eng yirik shahar deb qayd qilingan. Arxeologik materiallar Marg'ilon sh. 10-a.da katta qishloq bo'lib, 11 - 12-a.larda shaharga aylanganligini, Rishton esa 10-a.da katta shahar bo'lsa ham, 11 -12-a.larga kelib qishloq qiyofasiga kirib qolganligini isbotlaydi. O'troq dehqonchilik, chorvachilik b-n shug'ullangan Chust madaniyatiga oid manzilgohlardan topilgan yodgorliklar Farg'ona vodiysini o'rganishda muhimdir. U yerda i.ch. kuchlari va xo'jalikning taraqqiyoti jez ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.46 KB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.46 KB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: docx