Fennoskandiya

Fennoskandiya

O'quvchilarga / Geografiya
Fennoskandiya - rasmi

Material tavsifi

Fennoskandiya Fennoskandiya degan umumiy nom bilan ko'pincha Yevropaning shimoliy qismlari-Skandinaviya yarimoroli va Finlyandiya Sovet Ittifoqi doirasida esa Kareliya hamda Kola yarimoroli territoriyasi yuritiladi. Bu katta territoriya tabiiy sharoitining og'irligi (sovuqligi), qadimgi kristalli jinslarning tarqalganligi, yaqinda bo'lib o'tgan antropogen muzlanishlari izlarining yaqqol aks etganligi, tayga o'rmonlari va tog' tundra landshaftlarining ustun turishi bilan xarakterlanadi, Fennoskandiyaning ko'p qismini Yevropadagi eng katta yarim-orol-Skandinaviya yarimoroli egallaydi. Bu yarim orol 71° va 56°, sh. k.lar orasida shimoli-sharqdan janubi-g'arbga tomon cho'zilgan, maydoni 800 ming km2 ga yaqin. Yarimorol qirg'oqlari yaqinida ko'pdan-ko'p orollar betartib joylashgan; bulardan eng yiriklarijanubi-sharqda Gotland, Eland, Bornxolm orollari, shimoli-g'arbda esa Vesterolen va Lofoten arxipelagidir. Yarimorolning g'arbiy sohillari yaqinida minglab mayd.e orollar bor. Skandinaviya yarimoroli shimolda materik bilan tutashgan, janubda uni O'rta Yevropatekisliklaridan Shimoliy dengiz bilan Baltika dengizi o'rtasidagi tor bo'g'ozlar sistemasi ajratib turadi. Yarimorolning g'arbiy sohilini Norvegiya dengizi va Shimoliy dengiz suvlari yuvib turadi, shimoliy sohili Shimoliy Muz okeaniga ro'para, Skandinaviya yarimorolida ikkita davlatshvetsiya. bilan Norvegiya joylashgan. Sharqroqda Finlandiya davlati joylashagn bo'lib, uni Skandinaviya yarimorolidan Baltika dengizi bilan Botnik qo'ltig'i ajratib turadi. Skandinaviyaning sharqyy qismida va Finlandiyada Baltika qalqonining kristalli jinslari yer betiga chiqib yotady. Skandinaviya yarimorrlining janubi-sharqiy chekka qismi mana-shu kristalli qalqonning janubiy yon bag'rida joylashgan bo'lib, bu yerda qadimiy jinslar silur davrining dengiz yotqiziqlari tagida ko'milib ketadi. Baltika dengizi qirg'oqlari bo'ylab muzlik davridan keningi dengiz transgressiyalari yotqiziqlari tarqalgan. Fennoskandiyaning g'arbiy qismi kaledon burmalanishi zonasiga kiradi va bu yerlar emirilib ketgan tog'lardan iborat bo'lib, neogen davrida yashargan hamda hozirgi vaqtda sekin-sekiv ko'tarilmoqda. Bu ko'tarilish kaledon strukturalari zonasinigina emas, balki Baltika qalqonining ularga qo'shni qismlarini ham qamrab olib, epiplatforma tipidagi Skandinaviya tog'larining paydo bo'lishiga olib kelgan; Skandinavya tog'lari yarim orolning g'arbiy chekkasi bo'ylab uning shimoliy chegarasidan to Norvegiya va G'arbiy Shvetsiya doirasidagi chekka janubi-g'arbiy qismlarigacha cho'zilgan. Shunday qilib, Fennoskandiya deyilganda ikki tabiiy o'lkaskandinaviya tog'ligi va Shvetsiya bilan Fiylyandiyaning kristalli tekisliklari birgalikda tushuniladi. Skandinaviya tog'ligi palaxsali massivlar sistemasidir, ularning yonbag'irlari tik, tepalari esa yassilangan yuzalardan iborat bo'lib, Norvegiyada bunday yuzalar feldlar deb ataladi. Feldlarning tik va baland yonbag'irlari okean tomonga qaragan. Feldlarda qadimgi tekislangan yuzalarning turli balandlikka ko'tarilib qolgan qoldiqlari yaqqol ko'rinib turadi, bular orasida emirilishga chidamli jinslardan tarkib topgan konussimon ayrim tog' tepalari qad ko'tarib turadi. Katta tog' muzliklarining tsirklari massivlar yonbag'rini emirib, bir-biri bilan kesishadi va tog' qirralarining qovurg'asimol shakllari hamda karlinglarni hosil qiladi. Massiv yonbag'irlarini ko'pdan-ko'p trog vodiylari va darasimon vodiylar kesib o'tgan. Skandinaviya tog'larining eng baland- qismlari janubda bo'lib, bu yerda Yutunxeyman baland massivi qad ko'targan; massivdagi tik uchli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.98 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:35 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.98 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga