Filippin orollari Filippin orollarini bazilar Malayya arxipelagi tarkibiga kiritishadi, lekin bularni bir o'lkaga kiritish asosan orollar aholisining til umumiyligiga asoslanadi. Filippin orollari tabiiy geografiyasi jihatidan mustaqil tabiiy geografik o'lkadir. Filippin orollari 5° va 18° shimoliy kengliklar oralig'ida bir-biriga yaqin joylashgan bir necha yirik va ko'pdan-ko'p mayda orollardan iborat. Orollarning umumiy soni 700 dan oshadi, maydoni 299,7 ming km2. Eng yirik orol-Luson orolining maydoni 105,6 ming km2, Mindano oroli maydoniga ko'ra undan keyin turadi-94,6 ming km2. Filippin orollari G'arbiy Tinch okean geosinklinal mintaqasida bo'lib, relefining juda murakkabligi va parchalanib ketganligi bilan xarakterlanadi. Orollarni bir-birlaridan dengizlar deb ataluvchi keng suv havzalari yoki qo'ltiqlar ajratib turadi. Orollarning qirg'oqlari juda ajoyib o'yilib ketgan, bazi joyda tik ko'tarilgan, bazi joyda past, botqoq bosgan bo'lib, kemachilik uchun noqulay. Filippin suvlarida kemachilikka ko'pdan-ko'p marjon riflari ham qiyinchilik tug'diradi. Tinch okeanda arxipelagning sharqiy qirg'og'i bo'ylab yer po'stining yoriqlari va chuqur suv osti novlari o'tgan. Eng yirik suv osti novi filippin novining chuqurligi . Orollar yer yuzasining katta qismini meridianga yaqin yo'nalishda cho'zilgan tog' tizmalari egallagan, ular cho'kindi va vulkan jinslaridan tuzilgan, bu jinslar orasidan bazi joylarda qadimgi granit, gneys va kristalli slanetslar yer yuzasiga chiqib qolgan. Temir va rangdor metallar konlari ana shu jinslar bilan bog'langan. Tog'lar oralig'idagi paleogen yotqiziqlarida ko'ng'ir ko'mir konlari bor. Hozirgi relef va orollar qiyofasi kaynozoyda vujudga kelib, tekislangan burmali tog'larning palaxsali ko'tarilishi va parchalanishi natijasida hosil bo'lgan. Uzilmalar bilan chegaralangantog'tizmalari ko'pincha meridian yo'nalishidaorollar orqali cho'zilgan. Luson orolidagi Markaziy Kordilera tog'lari eng baland ko'tarilgan (Pulog tog'i ). Vriqlar bo'ylab vulkanlar ko'tarilgan: Lusonning janubi-sharqida Mayon (), Mindanao janubida Apo () va boshqa vulkanlar bor. Tog' tizmalari bilan alohida tog'lar oralig'ida kambar pasttekislik yerlar joylashgan. Bu erlarda (shuningdek sohillarda) orollar aholisining katta qismi to'plangan. Luson orolidagi Markaziy tekislik eng keng tekislikdir. Luson orolidagi Kagayan daryosi va Mindanao orolidagi Agusan daryosi vodiylarida ham katta pasttekisliklar bor. Yozda orolning hamma joyida janubi-g'arbiy shamollar esib, ekvatorial nam havo keltiradi, yilning sovuq davrida esa passat va qishki musson shamollarining qo'shilishidan hosil bo'ladigan shimoli-sharqiy shamollar ko'p esadi. Har ikki tomondan esgan shamollar ham ko'p miqdorda nam keltiradi. Orollarning sharqiy va janubi-g'arbiy chekkalarida yog'in eng ko'p yog'adi (200-), bunda sharqda eng ko'p yog'in qish, g'arbda yoz oylariga to'g'ri keladi. Janubda yog'inlar yil bo'yi deyarli bir xil miqdorda yog'adigan ekvatorial iqlimga o'tiladi. dan baland bo'lgan tog'li erlardan tashqari hamma joyda butun yil davomida harorat yuqori bo'lib, fasliy farqlar 4°S dan oshmaydi. Tog'larda o'rtacha oylik temperatura 20°S ga etmaydi, qishda esa 0°S ga tushgan ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.44 KB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:35
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.44 KB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: docx