Global va demografik muammolar

Global va demografik muammolar

O'quvchilarga / Geografiya
Global va demografik muammolar - rasmi

Material tavsifi

Global muammolar va demografik muammolar XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko'p va murakkab muammolar vujudga keldi, ularning asosiy qismi ta'sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko'ra global muammolar nomini oldi. Butun dunyoni qamrab olgan, insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb ataladi. Global muammolar aholi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot va atrof- muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlar natijasidir. Global muammolar, birinchidan-jami insoniyatga, barcha mamlakatlar xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga ta'sir ko'rsatuvchi; ikkinchidan-iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo'luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga ham xavf soluvchi; uchinchidan- yechimini topishda umumplanetar miqyosidagi hamkorlikni, barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab qiluvchi muammolar. Global muammolarning soni taxminan o'ntadan qiriq-elliktagacha boradi. Lekin shularning ichida asosiy, eng muhim integral muammolarning soni o'ntadan oshmaydi. Ular qiyidagilardan iborat: Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi. Tinchlik va qurolsizlanish, yani jahon urushining oldini olish muammosi. Ekologik muammo. Energetik muammo. Xomashyo muammosi. Oziq-ovqat muammosi. Dunyo okeanidan foydalanish muammosi. Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish global muammolarning eng muhimidir. Mazkur muammoning dolzarbligi dunyo siyosiy xaritasida qoloq mamlakatlar soni va salmog'ining kattaligi va mavqeyining sezilarli holda oshganligi bilan bog'langan. Hozirgi vaqtda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foizga yaqini qoloq hisoblanadi. Shularning ¾ qismi Afrikada, 1 tasi Yevropada, 4 tasi Janubiy Amerikada va 11 tasi Osiyoda joylashgan. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Markaziy va Sharqiy Afrikada, Ruanda va Burundi davlatlarida 1994-yillarda yuz bergan etnik mojarolar bir millionjdan ortiq kishilarning hayotiga zomin bo'ldi. Urush va tinchlik muammosi XX asr ikkinchi yarmining deyarli 40 yili mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim muammosi bo'lib kelgan. 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarda dunyo siyosiy xaritasida bo'lib o'tgan chuqur va miqyosli o'zgarishlar G'arb bilan Sharq o'rtasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan global yadro urushi xavfni amalda yo'q bo'lishiga sabab bo'ldi. Bunday holat ushbu xavfni tarqatuvchi mamlakatlar Rossiya va AQSH hamda NATO davlatlarida harbiy-siyosiy sohada aniq amaliy tadbirlarni hayotga tadbiq etish bilan bog'langandir. Hozirgi vaqtda global ekologik tizimning degradatsiyalanishi to'g'risida so'z yuritmoqda. Ushbu jarayonni shartli ravishda uch tarkibiy qisimga: 1) ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda tabiatdan foydalanish oqibatida atrof muhitning degradatsiyalanishi; 2) atrof-muhitni inson faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishi; 3) atrof muhitni ushbu chiqindilar bilan zaharlanishi ga bo'lishi mumkin. Energetika va xomashyo, oziq-ovqat muammolarining sabablari va hal qilish yo'llari. Hozirgi vaqtda energetika va xomashyo muammosi iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.4 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.4 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga