Hozirgi geografiya vujudga kelishi

Hozirgi geografiya vujudga kelishi

O'quvchilarga / Geografiya
Hozirgi geografiya vujudga kelishi - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi geografiyaning vujudga kelishi (XIX asrning oxiri - XX asrning boshi) REJA: 1.Geografiyning ribojlanishiga hissa qo'shgan allomalar 2.Geografiya fanlarining hozirgi tizimi va unda tabiiy geografiyaning o'rni Geografiyning ribojlanishiga juda katta hissa qo'shgan allomalardan biri - sayyoh, geografik tadqiqotlar tashkilotchisi, buyk rus olimi Petr Petrovich Semyonov - Tyanshanskiydir (1827 - 1914). U geografiyaning predmeti va vazifalari masalalri bilan ham bevosita shug'ullangan. U K.Ritterning Osiyo Yer bilimi asarining rus tilidagi nashriga yozgan so'zboshida keng va tor ma'nodagi geografiyani farqlaydi. Keng ma'nodagi geografiya Yer sharini qattiq, suyuq va gaz qobiqlari bilan birgaliqda, uning boshqa sayyoralarga va unda yashaydigan organizmlarga munosabati qonunlarini to'liq tadqiq qiladi.Uning firicha keng ma'nodagi geografiya tadqiqot predmetining o'zshashligi bilan o'zaro bog'liq bo'lgan fanlarning butun tabiiy guruhidir. Fanlarning bu guruhiga matematik geografiyani, Yerni vauning tuzilishi qonunlarini o'rganadigan tabiiy geografiyani, etnografiyani va statistikani kiritadi. Tor ma'nodagi geografiya Yer yuzasining fiziografiyasi, ya'ni uning doimiy, asrlar davomida tabiatning o'zi tomonidan belgilangan o'chmaydigan tuzulishiniham, inson qo'li bilan yaratilgan o'zgaruvchan, o'chadigan tuzilishini ham tasvirlashdir. L.S. Berg P.P.Semyonov - Tyanshanskiyning tor ma'nodagi geografiyasini mamlakatshunoslik deb hisoblagan edi. A.G. Isachenko esa (1971) yadrosini tabiiy geografiya tashkil etadigan tabiiy fan deb hisoblaydi. XIX asrning so'ngi choragida geografiya Yer yuzasi haqidagi fan ekanligi to'g'risida tushuncha vujudga keldi. Bu tushuncha nemis geografi va geologi Ferdinand fon Rihtgofen (1833 - 1905) tomonidan rivojlantirildi. F.Rixtgofen geografiya o'simlikni Yer yuzasiga bo'lgan munosabatda, insonni esa butun tabiatga bo'lgan munosabatda o'rganish lozimligini ta'kidlagan edi. Geografiyaning eng asosiy maqsadi F.Rihtgofenga ko'ra, jonli tabiatning jonsiz tabiat bilan bilan bog'lik ekanligini hisobga olgan holda insonning jonli va jonsiz tabiat bilan aloqalari va munosabatlarini ochib berishdan iborat. U geografiyaning o'rganish predmetini quruqlik, dengiz va atmosferaning o'zaro ta'sirdagi Yer yuzasi (Erdoberfläche) deb hisoblagan; geografiyaning o'ziga xos maqsadi Yer yuzasida mujassam o'zaro ta'sirda namoyon bo'ladigan turli hodisalarga e'tiborni qaratilishi lozim, deb hisoblaydi. Uning fikricha, Yer yuzasining har qanday qismini geografik jihatdan o'rganishni mukammal tabiiy geografik tasvirlashdan boshlash va shundan so'ng boshqa tabiiy tavsiflar va ularnig o'zaro aloqalarini tadqiq qilish lozim. Fridrih Ratzel (1844 - 1904) sotsial geografiyning tarkib topishiga asos solgan nemis olimi. U o'zining Antropogeografiya deb nomlangan asarida tabiiy fenomenlarning inson tarixi yo'nalishiga ta'sirini bayon qilgan. U asosiy e'tiborni tabiiy sharotlarning insonga ta'sirini emas, balki inson faoliyatiga ta'sirini o'rgangan. F. Ratzelning asarlarida Biosfera termini (tushunchasi) ilmiy barqarorlikka ega bo'ldi va tan olindi. F. Ratzel geografik determinizmni sotsial darvinizm bilan to'ldirdi, ya'ni biologik qonunlarni ijtimoiy munosabatlarni o'rganishga ko'chirishga harakat qildi. U kengayishga intiladigan davlatning organizm sifatidagi g'oyaning ham asoschisidir. Pol Vidal de ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.96 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.96 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga