Italiya haqida

Italiya haqida

O'quvchilarga / Geografiya
Italiya haqida - rasmi

Material tavsifi

MUSTAQIL ISH Mavzu: ITALIYA Bajardi: Tekshirdi:. Toshkent - 2016 yil. ITALIYA Italiya (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblika Italiana) - Yevropajan. da, O'rta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin ya.o., Sitsiliya, Sardiniya va b. kichik orollarni o'z ichiga olgan. Mayd. 301,2 ming km2. Aholisi 57,679 mln. kishi (2001). Ma'muriy jihatdan 20 viloyat (regione)ra bo'linadi. Poytaxti - Rim sh. Davlat tuzumi I. - Respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947 y. 22 dek. da qabul qilingan va 1948 y. 1 yanv.dan kuchga kirgan. Davlat boshligi - prezident (199 y. maydan K. A. Champi). U parlament ikkala palatasining qo'shma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 y. muddatga saylanadi. Qo-nun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xrkimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi. Tashqi savdosi I. iqtisodiyoti ko'p jihatdan tashqi savdoga bog'liq. I. chetga sanoat mashina-uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va q.x. mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, neft mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan neft, ko'mir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta, shuningdek, mashinalar, yog'och, qog'oz, oziq-ovqat keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropaiqtisodiy hamja-miyati mamlakatlari, AQSH, Rossiya. Pul birligi - lira. Me'morligi Etrusklar va Qad. Rim me'morlik ansambllari va uy-joy binolari I.ning eng kad. me'moriy obidalaridir (q. Rim). Ilk o'rta asrlardan Rimdagi bazilika (Santa-Mariya Majore, 5-a., Santa Anessa, 7-a.,) va markazi gumbazli cherkovlar (San-Stefano Rotondo, 5-a.), shuningdek, Ravenna yodgorliklari majmuasi va b. yodgorliklar saqlangan. 11 -13-a.larda roman uslubida barpo qilingan binolar vujudga keldi (Milandagi Sant-Ambrojo bazilikasi, 11a., Aretssodagi Santa-Mariya della Pove cherkovi, 12-a. va b.). Ayrim insho-otlarda Vizantiya me'morligining ta'siri seziladi (Venetsiyadagi avliyo Mark sobori, 11-a., Palermodagi sobor). 11 -12-a. larda Pizadagi sobor maydoni majmuasi kad. me'morlik an'analari uslubida barpo etilgan. Shaharlarning tez sur'atlar b-n rivojlanishi mahobatli diniy-ma'muriy binolar b-n bir qatorda shahar devorlari, darvoza, minora, turar joy binolari, ratushalar qurishni ham taqozo etdi. 13-14-a.larda gotika rivoj top-di (Milan, Orvyeto, Florensiya soborlari). Katta shaharlar vujudga kela boshlagach, qurilishning yangi tamo-yillari paydo bo'ldi (jamoat va mada-niyat binolariga alohida ahamiyat b-n qarala boshladi). B. Mikelanjelo, D. Bramante, J. Vinola va b. atokli me'morlar Rim va Venetsiyada mahrbatli binolar barpo qildilar. Barokko me'morlari (16-a.) ko'p shaharlarda badavlat xonadonlar uchun ulkan ansambllar, shaxsiy qo'rg'onlarni xiyobonli, kolonnadali va favvorali qilib qurdilar. Binolarning hashamiga, saloba-tiga alohida ahamiyat berildi (L. Ber-nini, F. Borromini). Rimdagi avliyo Pyotr sobori b-n Navon maydoni (16- 17-a.lar) go'zal me'moriy ansambllardan hisoblanadi. 18-a. dan klassitsizm rivoj topib, bu uslub Milan va Neapol sh.laridagi ansambl va teatr bi-nolarida iz krldirdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.47 KB
Ko'rishlar soni 325 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.47 KB
Ko'rishlar soni 325 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga