Jahon siyosiy xaritasi

Jahon siyosiy xaritasi

O'quvchilarga / Geografiya
Jahon siyosiy xaritasi - rasmi

Material tavsifi

JAHONNING SIYOSIY KARTASI Yalpi milliy daromad, siyosiy karta, iqtisodiy rivojlangan davlat, rivojlanayotgan davlat, iqtisodiy jihatdan past darajada rivojlangan mamlakat. Jahon siyosiy kartasi global miqyosidagi bir necha siyosiy jarayonlar ta'sirida shakllangan. Shularning ichida birinchi va ikkinchi jahon urushlari va ularning oqibatlari bilan bog'liq holda davlatlarning vujudga kelishi, mustamlaka tizimining yemirilishi hamda bir necha o'nlab mustaqil davlatlarning barpo bo'lishi qo'shilmaslik harakatining rivojlanishi va boshqa jarayonlar e'tiborga loyiqdir. Jahon siyosiy kartasining shakllanishida 80-yillarning so'nggi va 90-yillarning dastlabki davrlarida bo'lib o'tgan siyosiy voqealar: ikki nemis davlatining qo'shilib, yagona Germaniya davlatining tashqii etilishi, Chexoslovakiya o'rnida Chexiya va Slovakiya mustaqil Respublikalarining barpo bo'lishi, Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining parchalanib ketishi natijasida suveren Xorvatiya, Sloveniya, Makedoniya, Bosniya va Gersogovina Respublikalari hamda Serbiya va Chernogoriya Respublikalari federatsiyasining shakllanishi, va ayniqsa, sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi oqibatida, dastlab Litva, Latviya va Estoniya, keyinchalik esa Rossiya Fedcratsiyasi, Ukraina, Belarus, Moldova, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston Respublikalarining mustaqil davlatlar sifatida dunyo siyosiy kartasida o'z o'rinlariga ega bo'lishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Dunyo siyosiy kartasidagi davlatiar va mamlakatlar nisbati hamda soniga datstlab (1997- yil, 1- iyulda) Buyuk Britaniya mustamlakasi Gonkong (Syangan)ning, keyinchalik (199-yil, dekabr oyida) Portugaliya mustamlakasi Makao (Aomin)ning Xitoy Xalq Rcspublikasi tarkibiga kirishi. 200-yilda esa BMT tomonidan Indoneziya tarkibida bo'lgan Sharqiy Timorga alohida maqom berilishi ham ma'lum ta'sir ko'rsatdi. Hozirgi vaqtda dunyo siyosiy xaritasida 230 mamlakat mavjud bo'lib, ularning 190 dan ortig'i mustaqil davlatlardir. Jahon mamlakatlari geografiyasi Iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga dunyodagi 60 dan ortiq davlatlar kiradi. Ana shu davlatlarni yuqorida keltirilgan va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha to'rt guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhni «yettilik mamlakatlari» tashkil etadi. Hozirgi vaqtda qator olim va mutaxassislar «yettilik mamlakatlari» tarkibi to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirib, «yettilik» ni Ispaniya hisobiga «sakkizlik»ka o'zgartirish vaqti keldi, degan fikrni aytmoqdalar. «Katta sakkizlik mamlakatlari» ning har birida yiliga 500 mlrd. dollardan ortiq YMD ishlab chiqariladi, aholi jon boshiga esa 24 - 30 ming dollar va undan ortiq YMD to'g'ri keladi. Mazkur davlatlarda dunyo bo'yicha ishlab chiqarilgan YMD ning deyarli 23 qismi to'plangan. Ikkinchi guruhni aholisining soni va YMD ning umumiy qiymati nisbatan kam bo'lgan, asosan Yevropamamlakatlari tashkil etadi. Uchinchi guruhga «ko'chirilgan kapitalizm» mamlakatlari (Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR va b.) kiradi. To'rtinchi guruhni sobiq Ittifoq Respublikalari hamda Xitoy tashkil etadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning alohida guruhini «yangi sanoatlashgan mamlakatlar» (Singapur, Koreya Respublikasi va b.) hamda «neft eksport qiluvchi mamlakatlar» (Fors ko'rfazidagi arab mamlakatlari, Liviya, Bruney va b.) hosil qiladi. Mazkur mamlakatlarda aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi YMD qiymati 10 - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 344.23 KB
Ko'rishlar soni 715 marta
Ko'chirishlar soni 270 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 344.23 KB
Ko'rishlar soni 715 marta
Ko'chirishlar soni 270 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga