Kanada aholisi, iqtisodiyoti va tashqi aloqalari

Kanada aholisi, iqtisodiyoti va tashqi aloqalari

O'quvchilarga / Geografiya
Kanada aholisi, iqtisodiyoti va tashqi aloqalari - rasmi

Material tavsifi

Kanada aholisi, iqtisodiyoti va tashqi aloqalari. R Ye J A: 1). Kanada aholisi tarkibi va tupayishi. 2). Kanada sanoati va qishloq xo'jaligi. 3). Kanadaning tashqi aloqalari. Kanada aholisi tarkibi va tupayishi. Kanada aholisiga ta'rif beradigan bo'lsak uni «ko'chirilgan » mamlakati deb hisoblashimiz mumkin. Kanadaning hozirgi aholisi ommaviy immigratsiya ta'sirida shakllangan. Bular Yevropadan va dunyoning boshqa regionlaridan ko'chib kelganlar avlodi bo'lib, Kanada ko'p millatli mamlakatdir. Kanada aholisi hozirgi kunda 34.600 ming kishini tashkil etadi va uning milliy tarkibi qo'yidagicha: 40%-ingliz-kanadaliklar, 28% fransuz-kanadaliklar, 15% - evropaliklar, 2% - indeets-hindular, 15% - turli millatlardan iborat. Hozirgi vaqtda Kanada tub joy aholisi indeets-hindular 780 ming kishi, eskimoslar esa 49 ming kishini tashkil etadi. Mamlakatda indeets-hindular o'z urf-odatlari bo'yicha o'z tilda mulaqat qilishsada, biroq ularning ko'pchiligi rasmiy davlat tili hisoblangan ingliz tilida so'zlashadi. Kanada aholisining joylashuviga uning tarixiy mustamlakachilik davri ta'sir ko'rsatgan. Mamlakatda frantso'zlar asosan Kvebek va Nyu-Bransuik provinsiyalarda yashaydi, qolgan rayonda Kanadalik inglizlar yashaydi. Kanadada ingliz va fransuz millatlaridan tashqari nemislar, italyanlar, skandinaviyaliklar, polyaklar, ukrainlar va ruslar ham yashaydi. Mamlakatda yashovchi tub joy aholi metislar ko'proq Dasht provinsiyalarida yashaydi. Kanadada indeets-hindular janubdagi rezervatsiya hududlarida, eskimoslar esa mamlakatning shimoli-g'arbiy hududlarida yashaydi. Kanada aholisining 90 foizidan ortig'i AQSH chegarasi bo'ylab janubda to'plangan. Mamlakat hududining 23 qismini egallagan shimoliy qismida 20-25 kv.km. maydonga bir kishi to'g'ri keladi. Kanada yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakat, aholining 80 foizi shaharlarda yashaydi. Toronto, Monreal, Vankuver kabi shaharlar mamlakatning millioner shaharlari hisoblanadi. Kanada aholisiga xos bo'lgan demografik ko'rsatkichlar.Tug'ilish - 10,3‰, o'lim - 10‰, tabiiy o'sish - 0,3‰. Yosh tarkibi: bolalar - 15,7%, kattalar - 68,5%, qariyalar - 15,8%. O'rtacha umr ko'rish - 81 yosh: erkaklarda - 79 yosh, ayollarda - 84 yosh. O'rtacha zichlik - 1 km.km.ga 3 kishi. Aholi jon boshiga YaMM - 47. 066 AQSH dollari. Xo'jaligi. Hozirgi Kanada AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya davlatlari bilan birga «katta sakkizlik» mamlakatlar guruhiga kirib, xorijiy dunyoning industrial yetakchi mamlakatlaridan biridir. Mamlakatda qisqa tarixiy vaqt davomida bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot barpo etildi. Kanada xorijiy dunyoda nikel, rux, asbets,kaliy tuzlari va tsellyuloza- qog'ozlari ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi mamlakatdir. Bundan tashqari mamlakat oltin, kumush, uran, oltingugurt, kobalt, temir rudasi, mis qazib chiqarishda yetakchi o'rinlarni egallaydi. Kanada qazib oluvchi sanoat mahsulotlari xom-ashyo va yarim fabrikantlarning jami 80 foizini jahon bozoriga chiqaradi. Sanoati. Energetika- mamlakat yoqilg'i energetika balansida birlamchi energiya manbalari hissasiga neft 35 foiz, tabiiy gaz-37 foiz, ko'mir-13 foiz, gidro-energiya resurslari 9 foiz, atom energiyasi 2,4 foiz to'g'ri keladi. Mamlakatning neft va tabiiy gaz qazib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 134.07 KB
Ko'rishlar soni 269 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 134.07 KB
Ko'rishlar soni 269 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga