Kanada R Ye J A: 1). Kanadaning geografik o'rni, maydoni, chegarlari. 2). Kanadaning davlat tuzumi va rivojlanish tarixi. 3). Kanadaning tabiiy sharoiti va resurslari. 4). Kanadaning iqlimi, ichki suvlari, organik dunyosi. Kanadaning geografik o'rni, maydoni, chegarlari. Rasmiy nomi - Kanada. Poytaxti - Ottava shahri. Hududi - 9.970 610 kv.km. Aholisi - 34.600 00 kishi. Davlat tili - ingliz va fransuz. Davlat dini - xristian dini (katoliklar (46%), protestlar(25%), shuningdek, pravoslavlar, musulmonlar, induistlar, buddistlar). Pul birligi - Kanada dollari. Mustaqillik (Kanada) kuni 1 iyul 1867 yil. Eng yirik shaharlari: Monreal, Kalgari, Toronto, Edmonton, Vankuver, Sent-Djons, Saskatun va boshqalar. Kanada Shimoliy Amerika materigidagi davlat. Quruqlikda janub va shimoli-g'arbda tomondan AQSH bilan chegaradosh. Kanada hududini sharqda Atlantika okeani: Boffin dengizi orqali Grenlandiya (Daniya), San-Per va Mikelon (Fransiya) orollari, g'arbda Tinch okeani, shimol va shimoli-sharqda Shimoliy Muz okeani suvlari o'rab turadi. Chegarasining umumiy uzunligi 8893 km. Hududining kattaligi bo'yicha dunyoda ikkinchi (Rossiyadan keyingi) o'rinda turadi. Eng yirik yarim orollari: Lobrodor, Yangi Shotlandiya; Orollari: Baffin Yeri, Elsmir, Viktoriya, Banks, Nyufaundlend, Keyp-Breton va boshqalar. Kanadaning davlat tuzumi va rivojlanish tarixi. Davlat tuzumi. Davlat tuzumi - konstitutsion monarxiya. Kanada Birlashgan qirollik dominioni. Kanada - Buyuk Britaniya Hamdo'stligi tarkibiga kiruvchi federativ davlat. Davlat boshlig'i - Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), uning nomidan general - gubernator davlatni boshqaradi. Qirolicha general - gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi bilan, odatda 5 yil muddatga tayinlaydi. Kanada general - gubernatori Devid Lloyd Djonston bu lavozimga 2010 yil 1 oktyabrda tayinlangan va Qirolichaning vazifalarini bajarish bilan bir qatorda Kanada qurolli kuchlarining bosh qo'mondoni hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 2 palatali parlament - Senat va Jamoa palatasidan iborat. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator va 2 palatali parlament (senat va jamoalar palatasi) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi. Bosh Vazir qirollik hukumatining bir qismi bo'lmish vazirlar mahkamasini boshqaradi. Bosh Vazir lavozimiga Parlamentning quyi palatasi, yani Jamoa palatasida umumhalq saylovlarida eng ko'p o'rin olgan partiya lideri tayinlanadi. Hozirgi vaqtda Kanadaning Bosh vaziri 2011 yil 2 mayda o'tkazilgan saylovda g'olib bo'lgan, Konservativ partiyaning boshlig'i Stiven Xarper oliy zotlari. Davlat tuzilishi - parlamentar federatsiya, uning tarkibiga 10 ta provinsiya (Alberta, Britan Kolumbiyasi, Kvebek, Manitoba, Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, Nyufaundlend va Labrador, Ontario, Saskachevan, Shahzoda Eduard oroli) va 3 ta ( Yukan, Shimoli-g'arbiy hudud, Nunavut) hudud kiradi. Mamlakatda 1982-yilgacha Buyuk Britaniya konstitutsiyasi amalda bo'lgan. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-yil 17 aprelda kuchga kirgan. Hozirgi kunda Kanada parlamenti asosiy qonunga o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Qonunchilik ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.39 KB
Ko'rishlar soni
280 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.39 KB
Ko'rishlar soni
280 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:45 ]
Arxiv ichida: docx