KONGO RespublikaSI Bu atamaning boshqa ma'nolari ham mavjud, qarang: Kongo (ma'nolari). Kongo Respublikasi République du Congo Kongo Respublikasi davlat bayrog'i Kongo Respublikasi davlat gerbi Bayroq Gerb Shior: Unité, Travail, Progrès (Fransuzcha: Unity, Work, Progress) Madhiya: La Congolaise Kongo Respublikasi Xaritasi Poytaxt Brazzavill Rasmiy til(lar) Hukumat Prezidentlik Respublika Prezident Denis Sassou-Nguesso Mustaqillik Fransiyadan Sana 15 avgust 1960 Maydon Butun 11,437 km² (164-) Suv (%) Aholi 2002 ro'yxat 863,051 (158- o'rin) Zichlik 75km² YaIM (XQT) 2005- yil ro'yxati Butun AQSH$2,616 mil. (174-) Jon boshiga AQSH$3,031 Pul birligi CFA Franc (XAF) Vaqt Mintaqasi (UTC) Yoz (DST) Qisqartma CF Internet domen .cg Telefon prefiksi +242 tahrir kuzat Kongo Respublikasi (Kongo Respublikasi) poytaxti - Brazzaville shahri. BMT a'zosi Kongo (Congo), Kongo Respublikasi (République du Congo) - Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 342 ming km². Aholisi 2,9 mln. kishiga yaqin (2001). Ma'muriy jihatdan 10 viloyat (region)ra bo'linadi. Poytaxti - Brazzavil shahri Davlat tuzumi[tahrir] K. - Respublika. Davlat boshlig'i - prezident (1997 yildan Deni Sassu-Ngesso). Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament (Milliy o'tish kengashi). Ijroiya hokimiyat - hukumatga prezident boshchilik qiladi. Tabiati[tahrir] K. hududi, asosan, Kongo botig'ida joylashgan. Mayombe tog'lari (balandligi 930 m gacha) kambar (eni 40- 50 km) dengiz bo'yi pasttekisligiga parallel yotadi. Mamlakatning shim.-g'arbi tekislik bo'lib, unda ayrim tog'lar qad ko'targan (Nabemba cho'qqisi - 100 m). K.ning qolgan qismi botqoqlashgan allyuvial tekisliklardan iborat. Iqlimi issiq; shim. sernam ekvatorial, jan. quruq subekvatorial iqlim. Eng issiq oyi (apr.)ning o'rtacha temperaturasi 24-27°, eng salqin oyi (iyul)niki 20-25°. Yillik yog'in 1500-200 mm, jan. chekkasida 1200-1400 mm. Daryo ko'p, hammasi sersuv. Yiriklari Kongo .va uning o'ng irmoqlari - Ubangi, Sanga, Likvala, Alima. Kema katnaydi. Qizil-sariq ferralitli tuproq,larda qimmatbaho yog'och beradigan (limba, okume va boshqalar) o'rmonlar, jan.da savannalar mavjud. Hayvonlardan maymun, fil, begemot, qoplon yashaydi; parranda turlari ko'p. Timsoh, ilon, hasharotlar (jumladan, setse pashsha va h.k.) uchraydi. K.da Lefini qo'riqxonasi va Odzala milliy bog'i bor. Aholisi bantu tili oilasiga mansub xalqlar (kongo, teke, mboshi, sanga, bobangilar)dan iborat. Tropik o'rmonlarda pigmey qabilalari yashaydi. Rasmiy til - fransuz tili. Aholining 46% shaharlarda yashaydi. Dindorlar - katoliklar, protestantlar, bir qismi an'anaviy dinlarga e'tiqod qiladi, musulmonlar ham bor. Yirik shaharlari: Brazzavil, Nkayi, Lubomo, Mosenjo. K. hududida vililar yashaydigan sohilda Loango, tekelar yashaydigan Malebo atrofida Teke (Tio) davlatlari vujudga kelgan. Ular bilan yevropaliklar o'rtasida aloqa o'rnatila borgan, qul savdosida hamkorlik qilingan. 19-asr oxirida Kongo daryosi havzasida franso'zlar paydo bo'lgan. Ekspeditsiya qo'mondoni P. Savornyan de Brazza 1880 yilda Nkuna ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.26 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.26 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:46 ]
Arxiv ichida: docx