Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamohiriyasi

Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamohiriyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamohiriyasi - rasmi

Material tavsifi

Liviya arab sotsialistik xalq jamohiriyasi Reja: Geografik o'rni va chegaralari. Tabiiy sharoiti va resurslari. Tarixi. Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari. Aholi va mehnat resurslari. Xo'jaligiga umumiy ta'rif. Sanoati. Qishloq xo'jaligi. Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tayanch so'z va iboralar: cho'l; chala cho'l; voha; neft; tabiiy gaz; uran; grunt suv; aholining tabiiy o'sishi; qora metallurgiya; eksport; import. Geografik o'rni va chegaralari. Liviya - eng yirik arab mamlakatlaridan biri bo'lib, u Shimoliy Afrikaning markaziy qismidan to O'rta dengizning janubiy qismlarigacha cho'zilgan. Liviya arab mamlakatlari orasida hududi jihatdan Sudan, Saudiya Arabistoni va Jazoirdan keyin 4-o'rinda turadi. Sharqda Misr bilan (1150km), janubi-sharqda Sudan bilan (383km), janubda Niger (354km) va Chad (1055km), g'argda Jazoir bilan (982km), shimoli-g'arbda Tuynis bilan (459km) chegaradosh. Mamlakatning shimoliy chegaralari O'rta dengiz sohillaridan o'tadi, uning uzunligi g'arbdan sharqqa 1770km dan ortiqdir.Mamlakatning umumiy maydoni 1.760.00. km². Poytaxti - Tripoli shahri. Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Mamlakat hududining g'arbiy qismi Atlas tog'larining tabiatiga o'xshash, sharqiy qismi esa cho'lli plato va Tibesti yassi tog'iga o'xshash bo'lib, ularning davomidir. Liviya cho'lining janubi-sharqiy qismi Fetsana (Fezzana) cho'kmasiga kirib boradi, keyin u qumli dyunalar bilan almashinadi, dyunalarning ayirmalarining uzunligi yuzlab km ga cho'ziladi, ularning o'rtacha balandligi 200-220m ga yetadi. Mamlakatning janubi-g'arbida yer sharidagi eng katta Sahroi Kabir tropik cho'li joylashgan. Relyefiga ko'ra subtropik (shimol) va tropik (janub) tekislik - so'ng chalacho'l va cho'llardan iborat bo'lib, ular butun hududning 98%ini egallaydi. Liviya hududining relyefi xarakteriga qarab bir nechta viloyatlarga bo'linadi. Treipolitaniy viloyatiga g'arbda Ras- Agadir burnidan Tunisning sharqiy chegarasi Katta Sirt qo'ltig'ining Vadi-Zamzam qirg'oqlarigacha bo'lgan yerlar kiradi. U pasttekislik (Tunisdagi Jafar pasttekisligining davomi), serhosil pasttekislikdan iborat. Qirg'oq bo'ylab 10km dan to 40km gacha uzunasiga 300km ga cho'zilgan bo'lib, ko'plab vohalar inson kuchi bilan serhosil qilingan yerlar uchraydi. Janubga tomon ular o'rnini qum do'ngliklari, chaqir toshlar egallab boradi. Janubiy viloyat - dengizdan ancha olisda, qum-shag'alli Xamad-Xamar platosi, atrim vohalardan iborat. Uning shimoliy qismida balandligi 100m dan baland bo'lgan Jabel-Soda (800m) vulkanik viloyati va Xamad-Tangert qirligi mavjud. Janubiy yoki Xamada-Xamra (Qizil cho'l) Tripolitaniy va Fetsaldan farq qilib - Liviyaning janubi-g'arbida bo'lib qumli cho'l viloyati hisoblanadi. Cho'llarning balandligi 200m va kengligi 80-100km bo'lsa ham ular 800-100km qator-qator bo'lib yastanib ketgan. Ulardan mashhurlari - Ubari va Murzuk. Sahroi Kabirning ko'plab qumli cho'l o'lkalarini yagona nom bilan Liviya cho'li deb birlashtiriladi. Bu cho'l yer sharidagi eng katta cho'llardan biridir (maydoni 2mln km² ga yaqin). U mamlakatning janubi-sharqiy qismini egallaydi. Cho'lning shimoli pasttekislik, gil, shag'ldan, sharqiy va janubi-sharqi esa bir xil qumdan iborat. Ular orasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx, doc
Fayl hajmi 23.33 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:46 Arxiv ichida: docx, doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx, doc
Fayl hajmi 23.33 KB
Ko'rishlar soni 180 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx, doc
Tepaga