Misr Arab Respublikasi Reja: Geografik o'rni va chegaralari Tabiiy sharoiti va resurslari Tarixi. Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari Aholisi va mehnat resurslari Xo'jalik rivojining asosiy muammolari Sanoati. Qishloq xo'jaligi. Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqalar. O'zbekiston - Misr munosabatlari. Ichki tafovutlari. Tayanch so'z va iboralar: relyef; dengiz shelfi; voha; daryo vodiysi; delta; O'rta dengiz iqlimi; aglomeratsiya; emigrant; qora metallurgiya; intensiv xo'jalik; neft quvuri; tranzit; iqtisodiy rayon. Geografik o'rni va chegaralari. Misr ikki qit'ada: Afrikaning shimoli-sharqi va Osiyoning janubi-g'arbida joylashgan davlat. Janubda Sudan, g'arbda Liviya, shimoli-sharqda Isroil va Falastin bilan chegaradosh. Shimolda O'rta dengiz, sharqda Qizil dengiz suvlari Misr sohillarini yuvib turadi. Mamlakatning umumiy maydoni 1001450km². Poytaxti - Qohira shahri. Misrning strategik jihatdan qulay joylashuvi butun Sinay yarimorolini nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari dunyoning eng muhim suv yo'llaridan biri bo'lgan Suvaysh kanali ham Misr nazorati ostida. Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Mamlakat maydoning 96%i cho'llardan iborat. G'arbda Liviya cho'li, sharqda Arabiston cho'li, janubda Nubiya cho'li yastanib yotadi. Misr ijtimoiy-iqtisidiy hayotining asosi - Nil vodiysi hisoblanadi. Nil mamlakatdagi yagona daryo bo'lib, asosiy suv manbaasidir. Nil vodiysida (Misr maydonining - 4-5%i) mamlakatdagi hosildor yerlarning asosiy qismi va aholisining 95%i to'plangan. Vodiy mamalakatni ikkita teng bo'lmagan qismlarga(taxminan ⅓) ajratadi. G'arbning katta qismida Liviya cho'li joylashgan. Liviya cho'li Misrning ⅔qismini egallagan. U dunyodagi eng katta cho'llardan biri. U asosan qum, toshlardan iborat. Ayniqsa sharqiy qismi palaxsali va qurum toshlar hamda shag'allar bilan qoplangan, g'arbiy qismi esa barxan qumlari va dyunalardan tashkil topgan. Ular orasida Katta qum cho'li (qum okeni) muhim o'rinni egallab, u mamlakat g'arbidan to Nil daryosi vodiysigacha yetib keladi. Bu yerdan mashhur Siva, Farafra, Dahla vohalari boshlanadi. Bu qum dengizi balandligi 150m bo'lgan dyunalar bilan uchrashadi. Nildan sharqda Arabiston cho'li joylashgan bo'lib, toshloqlardan iborat. Arabiston cho'lining katta qismini uncha baland bo'lmagan yassi tog'liklar egallaydi Misr hududida sharqdan g'arbga tomon nishablik ortib boradi. Osiyoga tutashgan Sinay baland va Qizil dengi bo'yidan reylef Liviya tomon asta-sekin pasayib boradi. Mamlakatning g'arbiy qismida dengiz sathidan pastda yotuvchi bir qancha cho'kmalar bor. Sinay yarimoroli osiyo qit'asidan tektonik harakatlar natijasida yorilish tufayli ajralib qolgan. Sinay yarimorolining shimoli cho'ldan, janubi esa tog'liklardan iborat. Sinay yarimorolida mamlakatning eng baland nuqtasi - Katerin (2637m) joylashgan. Relyefida eng past joyi - Kattara cho'kmasi(-133m), maydoni 18 min.km². Misr foydali qazilmalari ichida nisbatan neft(981mln.t) va gazga (970mld.kub.m) boy Asosiy neft joylashgan rayonlar- Kattara cho'kmasi( Al-Alamayn, Abu-Garadik va boshqa konlar) va g'arbda Qizil dengiz suvlari bilan yuvilib turuvchi Sinay yarimorolida ( dengiz shelfidagi konlar- Al-Morgan, Al-Bilayim, Julay, ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.44 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.44 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:49 ]
Arxiv ichida: docx