Oqim normasini aniqlashda daryo oqimining o'zgaruvchanligini hisobga olish Daryo oqimi yillararo o'zgarib turadi, ya'ni daryoda bir yil suv ko'p bo'lsa, ikkinchi yili unga nisbatan kamroq bo'lishi mumkin. Bu o'zgarishlar iqlimiy omillarga bog'liq bo'lib, aniq bir qonuniyatga bo'ysunmaydi, lekin oqimning ma'lum bir o'rtacha miqdori atrofida tebranib turadi. Тebranish amplitudasi turli daryolarda turlicha qiymatlarga ega bo'ladi. Daryo oqimini bir necha yillar (2530 yil) davomida uzluksiz kuzatish natijasida hosil bo'lgan qatorni tasodifiy miqdorlar qatori deb qarash mumkin. Ma'lumki, tasodifiy miqdorlardan hosil bo'lgan qator o'zgaruvchan variatsion qator deyiladi. Kam suvli va ko'p suvli davrlarning to'la sikli uchun aniqlangan o'rtacha ko'p yillik oqim miqdori oqim normasini ifodalaydi. O'zgaruvchan qatorning asosiy ko'rsatkichlaridan biri o'rtacha arifmetik miqdor yoki boshqacha aytganda norma (me'yor)dir. U quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: , ifodada oqim me'yori,oqimning yillik miqdorlari yig'indisi, kuzatish yillari soni. Oqim normasini aniqlashda hisoblash davrini belgilab olish muhimdir, chunki daryo oqimi ham Quyosh faolligi hamda iqlimning davriysiklli o'zgarishiga bog'liq holda o'zgarib turadi. I.P.Drujinin, G.P.Kalinin, D.Ya.Ratkovich kabi olimlar tadqiqotlarining natijalari shuni ko'rsatadiki, daryo oqimining davriy o'zgarishi 23, 57, 1012, 2228 yillarda takrorlanib turadi. Oqim normasini hisoblash uchun tanlab olingan qator bir yo'la ko'p suvli va kam suvli davrlarni qamrab olishi zarur. Shu maqsadda daryo oqimining yig'indi (integral) egri chizig'i chizmasidan foydalaniladi (24rasm, a). Integral egri chiziqni chizishda daryo oqimini modul koeffitsiyentlari orqali ifodalash katta qulaylik yaratadi. Bu egri chiziq daryo oqimining yillar bo'yicha siklli o'zgarishi davrlarini yaqqol ko'rsatib turadi. Ma'lumki, oqimning modul koeffitsiyenti () quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: , bu yerda ma'lum yildagi oqim miqdori, oqim miqdorining butun kuzatish yillari bo'yicha hisoblangan o'rtacha qiymati. Daryo oqimining yillararo o'zgaruvchanligini statistik baholash Daryo oqimining yillararo o'zgarishi meteorologik omillar (atmosfera yog'inlari, havo harorati, namlik) ta'siri natijasida ro'y beradi. Yomg'ir va qor suvlari hisobiga to'yinadigan daryolarda yillik yog'in miqdorining me'yor (norma)ga nisbatan ko'p bo'lishi daryo oqimining ham ortishiga olib keladi. Doimiy qor va muzlik suvlari hisobiga to'yinadigan daryolarda esa yozgi havo haroratining me'yorga nisbatan yuqori bo'lishi daryo oqimining ko'payishiga sabab bo'ladi. Har ikki holda ham daryo oqimiga ta'sir etuvchi boshqa omillar ikkinchi darajali bo'lib qoladi. Daryo oqimining yillararo o'zgarishini xarakterlash uchun gidrologiyaga oid hisoblashlarda taqsimlanish va ta'minlanish egri chiziqlaridan foydalaniladi. Тa'minlanish egri chizig'i berilgan oqim miqdorini necha foiz ishonchli ekanini yoki boshqacha aytganda necha yilda bir marta qaytarilishini aniqlashga yordam beradi. Тa'minlanish egri chizig'i kuzatish ma'lumotlari asosida chiziladi. Daryo oqimining ta'minlanishi quyidagi ifoda yordamida topiladi va foizlarda ifodalanadi: , bu yerda: daryolarda ma'lum yilda kuzatilgan oqim miqdorining kamayuvchi qator bo'yicha aniqlangan tartib raqami; kuzatish yillari ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.39 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.39 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:59 ]
Arxiv ichida: docx