Oqiziqlarni o'rganishning maqsad va vazifalari

Oqiziqlarni o'rganishning maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Geografiya
Oqiziqlarni o'rganishning maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Oqiziqlarni o'rganishning maqsad va vazifalari Daryo oqiziqlarini o'rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ularni o'rganish natijasida to'plangan ma'lumotlardan xalq xo'jaligining juda ko'p tarmoqlari va yo'nalishlarida foydalaniladi. Bu yo'nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: - gidrotexnik inshootlar­suv omborlari, GESlar, kanallar va ko'priklarni loyihalash, qurish va ulardan samarali foydalanish; - daryolar havzalarida kechadigan suv eroziyasi jarayonlari qonuniyatlarini o'rganish; - daryo havzasida o'rmon­melioratsiya ishlarini reja asosida amalga oshirish; - daryolarda suv transporti harakatini doimiy ta'minlash; - suv havzalari ixtiologiyasi va gidrobiologiyasi maqsadlari uchun o'rganish. Oqiziqlar rejimini to'g'ri baholay olmaslik xalq xo'jaligiga katta zarar keltiradi. Bunga ko'plab misollar aytib o'tish mumkin. Masalan, Тurkmanistondagi Murg'ob daryosiga qurilgan, suv sig'imi 75 mln. m3 bo'lgan Sultonbent suv ombori qisqa muddat ichida loyqa oqiziqlar bilan to'lib qolgan. Dog'istonda qurilgan Oqsuv suv ombori ham foydalanishga topshirilgandan keyingi uch yildayoq loyqa oqiziqlar bilan to'lib, yaroqsiz holga kelib qolgan. Qadim zamonlardanoq daryolarda kemalar qatnovini yaxshilash maqsadida daryo o'zanini to'g'rilash, oqiziqlar bilan to'lib qolgan joylarni tozalashga majbur bo'lganlar. Daryo o'zanini to'g'rilash ishlarini amalga oshirish, ularni kemalar qatnovi uchun yaroqli holga keltirish, albatta, olimlarning ishtiroksiz bo'lmagan. Masalan, Rossiyada V.M.Loxtin (1849­1919), N.S.Lelyavskiy (1853­1905), N.Ye.Jukovskiy (1873­1943) kabi yirik olimlar bu ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o'z tavsiyalari bilan ishtirok etganlar. Daryo oqiziqlarining hosil bo'lishi va unga ta'sir etuvchi omillar Daryo oqiziqlari deb suv oqimi bilan birgalikda harakatlanadigan va o'zan hamda qayir yotqiziqlarini hosil qiluvchi qattiq zarrachalarga aytiladi. Daryo oqiziqlari suv to'plash havzasi yuzasidan va daryo tizimi o'zanlaridan bo'ladigan yuvilish hisobiga, boshqacha qilib aytganda, suv eroziyasi natijasida hosil bo'ladi. Suv eroziyasi mahsulotlari daryolarni oqiziqlar bilan ta'minlab turuvchi asosiy omildir. U yonbag'ir va o'zan eroziyasiga bo'linadi. Yonbag'ir eroziyasi daryolar o'zaniga kelib qo'shiladigan yuza suvlar ta'sirida yer yuzasining yuvilishi bo'lib, u yuza yuvilish va chuqurlik bo'yicha yuvilish ko'rinishlarida uchraydi. Chuqurlik bo'yicha yuvilishni o'pirilish va jarliklar hosil bo'lishi bosqichiga o'tishi jarlik eroziyasi ni keltirib chiqaradi. Bunday jarliklar daryo qirg'oqlarida va suvayirg'ich chizig'iga yaqin joylarda hosil bo'ladi. Umuman olganda, jarlik hosil bo'lishi tabiiy sharoitlar, jumladan, yer yuzasini tashkil etgan jinslarning tarkibi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ko'chkin ketish, surilish natijasi hamdir. Daryo oqiziqlarining hosil bo'lishida tabiiy va ximiyaviy yemirilishlarning ham roli katta. Тabiiy yemirilish havo haroratining tebranishi bilan bog'liqdir. Quyosh radiatsiyasining miqdoriga bog'liq holda tog' jinslari kengayishi yoki torayishi mumkin. Ma'lumki, turli jinslarning kengayish koeffitsiyentlari turlichadir. Mana shu holat tog' jinslarida yoriqlar hosil bo'lishiga, darz ketishiga sabab bo'ladi. Тog' jinslarining darz ketgan oraliqlariga suv tushadi. Harorat pasaygach suv yaxlab, kengayadi. Kengayish natijasida jinslarning bo'laklarga ajralishi (yemirilishi) tezlashadi. Bu jarayon uzluksiz davom etadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.11 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:59 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.11 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga