O'rta dengiz buyi va old osiyo tog'lari Yevrosiyo va Afrikaning O'rta dengiz sohillarida joylashgan o'lkalarning tabiiy va madaniy landshaftlari bir xildir. Bu tabiatning va odam xo'jalik faoliyati sharoitining juda katta territoriyada bir xilligi geograflar tomonidan juda Qadmdan qayd qilingan va geografiyaga O'rta dengiz bo'yi tushunchasining kiritilishiga sabab bo'lgan. O'rta dengiz bo'yi tabiiy sharoitining xususiyatlari va o'ziga xosligi, birinchi navbatda, yozi quruq, qishi sernam keladigan subtropik iqlimga bog'liqdir. Iqlimning bu tipi Yer sharining hech bir joyida O'rta dengiz bo'yidagichalik keng territoriyada hukmron emas va bunchalik aniq ifodalanmagan, shuning uchun ham bu iqlim tipi O'rta dengiz iqlimi deb nom olgan. Iqlimning xususiyatiga bog'liq ravishda o'ziga xos tuproq hosil qilish jarayoni va jigar rang tuproqlarning maxsus genetik tipi vujudga kelgan. yozgi qurg'oqchilikka yaxshi moslashib olgan o'simliklarning maxsus tipi (qattiq bargli doimiy yashil o'rmon va butazorlar) ham O'rta dengiz tipli iqlim bilan bog'liqdir. Bu o'simlik tipi ham O'rta dengiz tipli o'simlik deb ataladi. O'rta dengiz bo'yi deyarli butunlay Alp burmalanishi mintaqasida joylashgan, bu yerda vulkanizm va seysmik harakatlar keng tarqalgan. O'rta dengiz bo'yi relefi uchun ko'pincha karbonatli jinslardan tuzilgan o'rtacha balandlikdagi tog'lar xarakterlidir. Unda tekislangan zinasimon yuzalar ko'p tarqalgan bo'lib, ayrim joylarda baland tog' relefi ham uchrab turadi. O'rta dengiz iqlimi va O'rta dengiz landshafti deb ataluvchi landshaftlarning keng tarqalganligi bu yerda ajoyib dengiz havzasi-O'rta dengizning mavjudligi bilan bog'liqdir. Bu dengizning kattaligi va qirg'oqlari qiyofasi, temperatura rejimi va boshqa xususiyatlari atrofidagi quruqlik bilan o'zaro ta'sir etib, tabiiy va madaniy landshaftlarning hech yerda takrorlanmaydigan komplekslarini hosil qiladi. O'rta dengiz maydoni, suvining hajmi va chuqurligiga ko'ra dunyoda beshinchi o'rinda turadi. Orollar, yarim orollar va suv osti balandliklari (ostonalari) O'rta dengizni bir qancha havzalarga bo'lib yuborgan. G'arbiy qismi Korsika va Sardiniya orollari orqali ajralgan. Sharqroqda esa bu orollar bilan Apennin yarim oroli va Sitsiliya oralig'ida chuqurligi dan ortiq bo'lgan Tirren dengizi botig'i joylashgan. Apennin va Bolqon yarim orollari oralig'ida sayoz Adriatika dengizi mavjud. Janubroqda, Ioniya dengizi botig'ida eng katta chuqurlik- aniqlangan. Bolqon yarim orolidan sharqda bu yarim orol bilan Kichik Osiyo oralig'ida ko'pdan-ko'p orollari bo'lgan Egey dengizi bor. Dardanell bo'g'ozi, Mormar dengizi va Boofor bo'g'ozi O'rta dengizni Qora dengiz bilan bog'laydi. O'rta dengizni Atlantika okeani bilan bog'laydigan tor Gibraltar bo'g'ozida suv osti ostonasi bo'lib, bu yerda chuqurlik bor-yo'g'i ga etadi. O'rta dengiz bo'yi gidrologik rejimining asosiy xususiyati uning okeandan ajralib turganligi, subtropik mintaqada joylashganligch va oijhm xarakteriga bog'liqdir. Yillik yog'in miqdori juda kam va oqim nisbatan oz bo'lgani holda dengiz ustida suv iliydi hamda kuchli darajada bug'lanadi. ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.29 KB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.29 KB
Ko'rishlar soni
183 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:50 ]
Arxiv ichida: docx