Mavzu: O'RTA OSIYO HUDUDINING RIVOJLANISH TARIXI.FOYDALI QAZILMALARI Reja: 1.Zilzila o'chog'i nima? Zilzila markazi-chi? 2.Foydali qazilmalarning qanday turlarini bilasiz? Rivojlanish tarixi. Yer yuzasining rivojlanish tarixi bir qancha bosqichlardan iborat (1- jadval). Proterozoy erasining oxiri, paleozoy erasining boshida baykal, paleozoy erasining birinchi yarmida kaledon, ikkinchi yarmida gersin, mezozoy erasida kimmeriy, laramiy vanevadiy, kaynozoy erasida alp burmalanishi sodir bo'lgan. O'rta Osiyo yer yuzasining hozirgi holati uzoq davom etgan geologik davrlarda dengiz va quruqlik sharoitida turli xil burmalanish bosqichlari davo-3 - Geografiya, 7- sinf uchun mida, turli sur'atda ro'y bergan tektonik harakatlar ta'sirida shakllangan. Arxey va proterozoy eralarida O'rta Osiyo hududi dengiz ostida bo'lgan va cho'kindi jinslar to'plangan. Paleozoy erasidan boshlab O'rta Osiyoni qoplab yotgan Òetis dengizi ichida katta-kichik orollar ko'rinishidagi quruqliklar hosil bo'la boshlagan. Paleozoy erasining birinchi yarmida sodir bo'lgan kaledon tog' hosil bo'lishi bosqichida Qozog'iston past tog'larining g'arbiy qismi va Shimoliy Òyanshan ko'tarilgan. Paleozoy erasining ikkinchi yarmida gersin tog' hosil bo'lish bosqichi ro'y berishi natijasida quruqliklar maydoni kengaygan. Dengiz chekina boshlagan. Bu bosqichda Òyanshan tog'ining qolgan qismlari, Qozog'iston past tog'larining sharqiy qismi, Markaziy Qizilqum past tog'lari ko'tarilgan. Shundan keyin tog'lar yemirila boshlagan. Paleozoy erasining oxiri va mezozoy erasining boshlarigacha bu tog'lar yassitog'larga aylanib qolgan. Mezozoy erasida burmalanish kuchsiz bo'lgan. Kaspiybo'yidagi past tog'lar va balandliklar ko'tarilgan. Bu davr mobaynida tog' oraliqlarida va botiqlarda ko'llar, botqoqliklar va sayoz dengiz qo'ltiqlari hosil bo'lgan. Mezozoy erasining o'rtalarida iqlim nam va issiq bo'lgan, xilma-xil o'simliklar o'sgan. Ularning qoldiqlaridan toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir konlari hosil bo'lgan. Mezozoy erasining oxirida iqlim juda quruq bo'lgan, natijada, o'rmonlar yo'qolib ketgan. Kaynozoy erasining paleogen davrida dengiz qayta bostirib kelgan, tog'lar yemirilib pasayib qolgan. Neogen davrida sodir bo'lgan Alp burmalanishi natijasida Orqaoloy, Pomir, Kopetdog', Bolxon, Paropamiz, Safedko'h, Hindukush, Bandi Turkiston tog'lari ko'tarilgan. Òyanshan tog'i yana qaytadan ko'tarilib, yoshargan. Janubda baland tog'larning ko'tarilishi natijasida O'rta Osiyo Hind okeanidan to'silib qolgan. Òog'-larning hosil bo'lishi hozir ham davom etmoqda. Zilzilalar.O'rta Osiyo hududida juda ko'p yer qimirlashlar sodir bo'lib turadi. Buning asosiy sababi Pomir va Òyanshan tog'larining ikkita litosfera plitalari: Yevrosiyo va HindistonAvstraliya plitalari to'qnashgan chegarada joylashganligi va bu tog'larning to'xtovsiz ko'tarilishda davom etayotganligidir. Shuning uchun zilzilalar Pomir va Òyanshan tog'lari hamda ularning atrofida ko'proq ro'y berib turadi. Kuchsiz zilzilalar yiliga 100 dan ortiq marta sodir bo'ladi. Kuchli zilzilalar juda katta moddiy va ma'naviy zarar keltiradi. Faloqatli zilzilalar 1930- yilda Dushanbe atrofida, 1946- yilda Qozonjiqda, Chatqolda, 1948- yilda Ashxobodda, 1966- yilda Òoshkentda, 1976- yilda Gazlida va 1992- yilda Òo'xtag'ulda, 2008- yilda Oloy (Nura)da bo'lgan. Foydali qazilmalari. O'rta ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.1 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.1 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:51 ]
Arxiv ichida: docx