Mavzu: O'RTA OSIYO TUPROQLARI Reja: 1.Siz yashaydigan joyda qanday tuproqlar tarqalgan? 2.Bu tuproqlar qanday tog' jinslari (ona jins) ustida tarkib topgan? 3.O'rta Osiyo hududida qanday zonal tuproqlar tarqalganligini tuproqlar xaritasidan aniqlang. O'rta Osiyoda tarqalgan tuproqlar hosil bo'lishi va unumdorlik darajasiga qarab quyidagi turlarga bo'lib o'rganiladi: 1) cho'l tuproqlari; 2) bo'z tuproqlar; 3) tog'-o'rmon-dasht tuproqlari; 4) baland tog' tuproqlari. Cho'l tuproqlari. O'rta Osiyoning cho'l zonasi Turon tekisligini egallagan bo'lib, u shimolda qo'ng'ir tuproqli chalacho'l zonasi bilan, janub va sharq tomonlarda esa Kopetdog', Pomir-Oloy va Tyanshan tog'larining bo'z tuproqli etaklari bilan chegaralanadi. Cho'l zonasida, asosan, sur tusli qo'ng'ir tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlar, cho'l qumli tuproqlar va o'tloq-alluvial tuproqlar tarqalgan. Sur tusli qo'ng'ir tuproqlarqadimgi qoldiq qirlar va tog' etaklaridagi toshloq yerlarda paydo bo'lgan. Bu tuproqlar tarkibida shag'al va toshlar ko'p. Tuproq hosil qiluvchi ona jins uncha qalin emas (1-2 m), tuproq tagida shag'al qatlamlari joylashgan. Tuproqning yuza qatlamida 0,2 - 0,3 foiz chirindi bor. Chirindili qatlamning qalinligi 25-35 sm. Tuproqda azot kam, ammo fosfor ko'p. Karbonat esa 5-7 foizga boradi. Bu tuproqlar, odatda, 20-30 sm chuqurlikdan boshlab sho'rlangan. Surqo'ng'ir tuproqlar unumdorligi past bo'ladi. Suv chiqarib, loyqa yotqizish, sho'rini yuvish, o'g'itlash bilan tuproq unumdorligi oshiriladi. Taqir va taqirli tuproqlarqadimgi alluvial tekisliklarda, ayniqsa, daryolarning delta tekisliklarida, tog' etaklaridagi qiya tekisliklarda tarqalgan. Taqirda chirindi juda oz (0,3-0,7 foiz) bo'ladi. Chirindili qatlamning qalinligi 15-25 sm keladi, tarkibida azot kam. Taqirli tuproqlar tarkibida chirindining ko'pligi (0,7-1,2 foiz) hamda chirindi qatlamining qalinroq (50 sm gacha) bo'lishi bilan taqirlardan farq qiladi. Ularning ostki qatlami yerosti suvining tarkibi va joylashishiga qarab birmuncha sho'rlangan bo'ladi. Cho'llarning qumli tuproqlariqum bilan qoplangan tekisliklar va qumtepalarda tarqalgan. Qumli tuproqlarda chirindi va oziqa moddalar kam, biroq tegishli agrotexnika tadbirlarini qo'llash orqali bu tuproqlarning unumdorligini oshirish mumkin. O'tloq-alluvial tuproqlarAmudaryo, Sirdaryo, Ili kabi yirik daryolarning deltalarida katta maydonlarni ishg'ol etadi. Bu maydonlar qadimdan sug'orilib, dehqonchilik qilib kelinayotganligidan yerosti suvi yuzada (1-2 m) joylashgan, ko'pincha sho'rlangan bo'ladi. Bu tuproqlarda chirindi miqdori 1-1,5 foizni tashkil etadi. O'tloq-alluvial tuproqlar ancha unumdor bo'lsa-da, tez sho'rlanadi. Bo'z tuproqlarTyanshan, Pomir-Oloy, Kopetdog' tizma tog'lari etaklarida va tog' etagidagi qiyaliklarda hosil bo'lgan. Bu xil tuproqlar tog' etaklarida dengiz sathidan 250-300 m dan shimolda 100-1100 m gacha, janubda 1400-1500 m gacha bo'lgan balandliklarda tarqalgan. Bo'z tuproqlar mintaqasida yoz issiq bo'ladi. Tog'ga ko'tarilgan sari harorat biroz pasayadi. Yog'in ham cho'ldagidan ko'proq: bir yilda tog'ning quyi qismida 200-300 mm dan yuqori qismida 300-500 mm gacha yog'in tushadi. Bu bahori g'alla yetishtirish uchun qulay sharoit yaratadi. Bo'z tuproqlar mineral ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.27 KB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
64.27 KB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:51 ]
Arxiv ichida: docx