O'rta Osiyoning tabiat zonalari

O'rta Osiyoning tabiat zonalari

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyoning tabiat zonalari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU:O'RTA OSIYONING TABIAT ZONALARI Reja: 1.Tabiat zonalari qanday hosil bo'ladi? 2.Nima uchun bitta iqlim mintaqasining ichida bir necha tabiat zonasi hosil bo'ladi? Tekislik tabiat zonalari.O'rta Osiyoning turli qismlarida quyoshdan keladigan yalpi radiatsiya miqdori turlicha, shimolida kamroq (100 kkalsm 2 ), janubida ko'proq (160 kkalsm 2). B esa haroratning, namlikning notekis taqsimlanishiga va iqlim mintaqalarining hamda har bir iqlim mintaqasi ichida o'ziga xos tabiat zonalarining hosil bo'lishiga olib keladi. O'rta Osiyo hududida baland tog'lar joylashganligi sababli harorat va namlikning balandlik bo'yicha o'zgarishi tufayli balandlik mintaqalari vujudga kelgan. O'rta Osiyo hududi mo'tadil mintaqaning janubida va subtropik mintaqaning shimoliy, quruq qismida joylashgan Mo'tadil iqlim mintaqasida dasht, chalacho'l va cho'l zonalari, subtropik mintaqada subtropik cho'llar zonasi joylashgan. Dasht zonasigaTo'rg'ay platosining shimoliy qismi, Qozog'iston past tog'larining shimoliy va markaziy qismlari kiradi. Zonaning shimoliy qismida qora tuproqlar, janubida to'q kashtan tuproqlari tarqalgan. Dasht o'simliklari, asosan, pakana qiyoq, chalov, betaga, zig'ir, yo'ng'ichqa, ayiqtovon, yaltirbosh va boshqalardan iborat. Hayvonlardan kemiruvchilar ko'proq tarqalgan. Dasht zonasi hozirgi paytda deyarli to'liq haydab yuborilgan va ekinzorlarga aylantirilgan. Chalacho'l zonasigaTo'rg'ay supasimon o'lkasining janubiy qismi, Qozog'iston past tog'larining juda katta janubiy qismi kiradi. Havo harorati yozda yuqori, namlik yetishmaydi, qishi qattiq. Asosan, kashtan tuproqlar tarqalgan, qatlami yupqa, chirindi miqdori qora tuproqqa nisbatan kamroq. Dehqonchilikka nam yetishmasligi xalaqit beradi. Ayrim joylarda tuproq sho'rlangan. Asosiy o'simliklari burgan, qora shuvoq, ko'kpek. Cho'l zonasigaTuron tekisligi va Balxashbo'yi tekisliklari kiradi. O'rta Osiyoda, asosan, qumli, toshli, gilli cho'llar tarqalgan. Cho'llarning hosil bo'lishiga asosiy sabab haroratning yuqoriligi, yog'in miqdorining kamligi, oqar suvlarning yo'qligi. O'simlik qoplami siyrak, massasi kam, tezda qovjirab qoladi va chirindi hosil bo'lmaydi. Tuproqlari, asosan, qumli, sur-qo'ng'ir, gilli, toshloq va bo'z tuproqlar. Bo'z tuproqlar sug'orilganda yaxshi hosil beradi. Past joylarda sho'rxoklar va sho'rtoblar ham uchrab turadi. O'simliklari, asosan, saksovul, yantoq, quyonsuyak, sho'ra va shuvoqlardan iborat. Hayvonlardan chayon, falanga, gekkon kaltakesagi, bo'g'ma ilon, ko'zoynakli ilon, efa iloni, echkemarlar yashaydi (25- rasm). Cho'l zonasining o'simlik va hayvonot dunyosi qurg'oqchil sharoitga moslashgan. O'simliklarning ildizi uzun, bargi kichik, ignasimon yoki butunlay yo'q. Hayvonlar inlarida yashaydi yoki qum orasiga kirib ketadi, ba'zilari kunduzi uxlab, kechasi ovga chiqadi, ba'zilari yozda butunlay uyquga ketadi. Subtropik iqlim mintaqasi tabiat zonalari.Bu mintaqaga, asosan, Turkman-Xuroson tog'lari va Atrek vodiysi kiradi. Bu yerlarda quruq subtropik iqlim vujudga kelgan. Tuproqlari bo'z, tog' yonbag'irlarida changalzorlar, archazorlar va pistazorlar tarqalgan. Vodiylarda dehqonchilik qilinadi. Balandlik mintaqalari.O'rta Osiyo tog'larining etagi cho'llarga borib taqalganligi uchun balandlik mintaqalari cho'ldan boshlanadi va asta-sekin subalp, alp o'tloqlarigacha almashinadi. Cho'l mintaqasiko'proq Markaziy Qizilqumdagi tog' etaklari va yonbag'irlarida, Kopetdog', Sulton-Uvays tog'i ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 141.05 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 141.05 KB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga