O'zbekiston aholisi Respublika aholisi 200 - yil boshida 24487,7 ming kishini tashkil qildi. Aholi viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo'yicha turlicha taqsimlangan. Aholi eng ko'p viloyatlar jumlaschiga Samarqand (2670,3 ming kishi), Farg'ona (2664,4 ming kishi), Toshkent (2350,2 ming kishi), Andijon (2186,2 ming kishi), Qashqadaryo (2166,8 ming kishi) viloyatlari kiradi, aksincha Sirdaryo (642,2 ming kishi), Navoiy (788,3 ming kishi), Jizzax (974,8 ming kishi) viloyatlari aholisining ozligi bilan ajralib turadi. Shuningdek mamlakat poytaxti Toshkent shahri, demografik salohiyati (2142,3 ming kishi) bo'yicha nafaqat O'zbekistonda balki Markaziy Osiyodagi yirik shaharlardan biridir. Respublika aholisi hududlar bo'yicha juda notekis joylashgan. Aholi zichligi kv ga o'rtacha 55 ming kishini tashkil etadi. Ushbu ko'rsatkich aholi eng zich joylashgan Andijon 520 kishi, Navoiy va Qoraqolpog'iston Respublikasida mos ravishda 7 va 9 kishini tashkil etadi. Respublika hududida aholi qadimdan suv manbalariga (daryolar, soylar) yaqin, sug'orib dehqonchilik qiladigan erlarga zich yashab kelgan. Bunday erlarda shunchalik qishloqlar, shaharlar vujudga kelgan. O'zbekiston aholisi turlicha tadjiriy o'zgarishlarga ega. 1950 - yili jami aholi 6264 ming kishini tashkil qilgan bo'lsa, 1970 - yili 11800 ming kishi, 1990 - yil 2022 ming kishiga teng bo'lgan. 200 - yili Respublika aholisi 1990 yilga nisbatan 120,0%ga o'sdi, yani ushbu davrda jami aholi har yili o'rtacha 2% dan ko'paydi. Viloyatlar orasida aholi sonining o'sish suratlariga ko'ra Suxondaryo (134,7% ) va Qashqadaryo (131,8 %) viloyatlari yuqori ko'rsatkichlarga ega. Ularning aholisi 1990 - 200 yillar mobaynida har yili o'rtacha 2,8 - 2,0 % dan ko'payib bordi. Ushbu ko'rsatkich Sirdaryo viloyatida 1,0 - 1,5% tashkil qildi. Mamlakat aholisining ko'payib borishida yetakchi omil bu tug'ulishdir.Tug'ilishning ko'p qismi qishloq aholisiga to'g'ri keladi. U davrlar mobaynida turlicha o'zgarib bordi. Jumladan, har ming aholiga nisbatan tug'ilgan bolalar soni jami aholi tarkibida 1950 - yili 30,9 ni, 1970 -33,6, 1981 - yili 34,9 bola va 199 yilga kelib esa, 22,3 bolani tashkil etdi. Shuningdek jami aholi tarkibida o'lganlar soni har ming kishiga nisbatan 1950 - yili 8,8 kishini, 1970 - yili 5,5, 1981 - yili 7,2 va 199 - yilga kelib esa 5,3 kishini tashkil qildi. Tabiiy o'sish ko'rsatkichi Respublika jami aholisi tarkibida 1950 - yili har ming kishiga nisbatan 22,1 kishidan, 199 - yilga kelib, 17 kishigacha pasaydi. Yuqoridagilardan ko'rinadiki O'zbekiston aholisi uchun tug'ilishning yuqori darajalari ko'proq o'tgan asrning 70 - 80 yillarida kuzatiladi. Umumiy o'lim ko'rsatkichlari esa nisbatan pastligi bilan ajralib turadi. Hozirgi davrda har ming kishiga nisbatan tug'ilishlar soni bo'yicha O'zbekiston o'rtacha darajalarga ega. Bular o'z navbatida aholi sonining o'sish suratlarini pasayib borishiga olib keladi. ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.04 KB
Ko'rishlar soni
256 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:52
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.04 KB
Ko'rishlar soni
256 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:52 ]
Arxiv ichida: docx