Sanoatni boshqarish

Sanoatni boshqarish

O'quvchilarga / Geografiya
Sanoatni boshqarish - rasmi

Material tavsifi

Sanoatni boshqarish Sanoat - xalq xo'jaligining negizi. U qanchalik rivojlangan bo'lsa, xalq xo'jaligining boshqa sohalari rivojlanishiga shunchalik ko'p imkoniyat yaratiladi hamda mehnatkashlarning ehtiyojlari qondiriladi. Davlat mustaqilligiga erishilganidan keyin o'zimizning istiqlol va taraqqiyot yo'limizni tanlab oldik, bu O'zbekistonning qatiy yo'lidir. O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi chiqargan qonunlarga tayangan holda shu jarayonning huquqiy negizi yaratildi, Respublikaning barcha fuqarolari va korxonalariga tashabbus hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar berildi. Bozor munosabatlari bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda. Mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish, raqobatni avj oldirish, boshqarishning ma'muriy-buyruqbozlik usullaridan qatiyan voz kechish, iqtisodiy omil va vositalarni keng joriy etish bozor munosabatlarining o'zagidir. Sanoatni boshqarishning haddan tashqari markazlashtirilgan tuzilmasini tubdan o'zgartirish boshlanib, korxonalarning o'ziga ko'proq mustaqillik berilmoqda. Aksariyat tarmoq vazirliklari va organlari tugatilib, ular negizida xo'jalik kompaniyalari, kontsernlar, korporatsiyalar, aksiyadorlik jamiyatlari tashkil qilinmoqda. Bundan tashqari, sanoat sohasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish asosida jamoa va xususiy korxonalar tashkil etilmoqda. Respublikada xorijiy mamlakatlar sarmoyasi bilan tashkil etilgan ko'pgina korxonalar ro'yxatga olinmoqda. Hozirgi paytda Respublikada Oliy Majlis qarorlari va Prezident farmoyishlariga asosan, sanoatni boshqarish uchun quyidagi xo'jalik organlari tashkil etilgan: «O'zbekneftigaz» neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi, «Mahalliy sanoat» aksiyadorlik kompaniyasi, O'zbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qo'mitasi, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan «O'zbekengilsanoat» O'zbekiston davlat kompaniyasi, O'zbekiston oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat ko'rsatadigan «O'zoziqovqatsanoat» aksiyadorlik kontserni, O'zbekiston farmatsevtika sanoati «O'zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik kontserni va hokazo. Yuqorida ko'rsatilgan xo'jalik organlariga o'z sohasida sanoatni boshqarish jarayonida qanday vazifalar qo'yilgan, degan savol tug'iladi. Bu savolga masalan, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish O'zbekiston davlat aksiyadorlik kompaniyasi misolida javob berish maqsadga muvofiq. yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish «O'zbekengilsanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi1 (bundan keyin kompaniya deb ataladi) o'z faoliyatini Respublika va o'z tarkibiga kiruvchi «O'zbekto'qimachi», «O'zbekpoyafzal» va «O'zbekchinni» Respublika kontsernlari yengil sanoat va xalq xo'jaligi boshqa tarmoqlari va tashkilotlari sanoat ishlab chiqarishini xalq manfaatlari yo'lida demokratik asosda amalga oshiruvchi ishlab chiqarish kompleksi hisoblanadi. Birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun ixtiyoriy ravishda kompaniya tarkibiga kirgan hamda tasis shartnomasiga imzo chekkan kontsernlar, davlat ijara, kooperativ, aksiyadorlik korxonalari, qo'shma korxonalar, boshqa birlashma, korxona va tashkilotlar kompaniya a'zolari bo'lishi mumkin. Ular o'z xo'jalik mustaqilliklarini, yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar. Kompaniya yuridik shaxs hisoblanadi, o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining qonunlariga amal qiladi. Kompaniya kontsernlar va kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi. Kontsern va korxonalarning tashabbusi hamda tadbirkorligini rivojlantirish sharoitida aholining yuqori sifatli xalq istemoli mollariga bo'lgan talabini qondirish, assortiment, texnologiya, investitsiya, tijorat siyosatini o'tkazish paytida kompaniya a'zolarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda bozor iqtisodiyoti sharoitda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish kompaniya faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Kompaniya: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.35 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.35 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga