Severn daryosi vodiysidagi landshaft Severn maskani nomini olgan. Germaniya Demokratik Respublikasi territoriyasida Meklenburg ko'lbo'yi maskani, Polsha territoriyasida esa-Pomore va Mazkur ko'lbo'yi maskanlari ajratiladi. Ko'lbo'yi maskani va butun oblastning eng baland joyi () Polshada, Gdansk yaqinidadir. Oxirgi morena tepaliklari Yutlandiya yarimoroli bilan Daniya orollarida kuzatiladi. Meridional yo'nalishda Yutlandiya orqali va so'ngra geografik kenglik bo'yicha sharqqa Shimoliy Polshagacha cho'zilgan oxirgi (chekka) morena polosasi Baltika ko'lli gryadasi deb ataledi. Oblast sharqiy qismining sohillari goh ko'tarilib, goh cho'qish protsesslari ta'sirida vujudga kelgan bo'lib, lagunaliman qirg'oq tipiga kiradi. Qulay qo'ltiqlarda yirik portlargdansk, Gdgni va Shchetsin joylashgan. Sertepamorena relefi polosasidan janubda, oxirgi muzlanish oblastidan tashqari, tekislikning sharqiy qismi relefida muzlik suvlari hosil qilgan relef xususiyatlari payda bo'ladi. Chekinayotgan muzlik eriyotganda hosil bo'lgan muzlik suvi oqimlari yer yuzida keng soyliklar hosil qilib, ularni qum bilan to'ldirgan. Bu soyliklardan bazan hozirgi daryolar oqadi. Soyliklar orasidagi baland joylar morena materiali, yani maksimal muzlik epoxasidagi muzlik yotqiziqlaridan tuzilgan. Suvayirg'ichni kesib o'tuvchi ko'p soyliklardan kanallar o'tkazilgan; bu kanallar daryo sistemalarini o'zaro bog'laydi va suv yo'llarining zich shoxobchalarini vujudga keltiradi. Geologik tuzilishi xususiyatlariga ko'ra O'rta Yevropadoirasida katta qazilma boyliklar yo'q. Uning territoriyasida perm va paleogen yotqiziqlari bilan bog'liq bo'lgan qo'ng'ir ko'mir zapaslari bor. Ko'mir konlari GDR va Polsha territoriyasida to'plangan. GDR territoriyasida perm va trias davrlarining laguna yotqiziqlarida turli tuz qatlamlari bor. Butun oblast bo'ylab torf qatlamlari tarqalgan. Tekislik iqlimi g'arbdan sharqqa tomon asta o'zgara boradi. Biroq chekka rayonlar sharoitini bir-biriga taqqoslasak, ular orasida kattagina farq borligini kuzatish mumkin. Iqlimning o'zgara borishi dengiz havo massalarining materik ichkarisiga tomon harakati vaqtidagi transformatsiyasi bilan bog'liq. Oblastning chekka g'arbiy qisminiderlandiyada yillik yog'in miqdori 700-. Yog'inlar odatda yomg'ir tarzida tushadi va maksimumi qishga to'g'ri keladi. Qish yumshoq, deyarli sovuqsiz, eng sovuq oyining o'rtacha temperaturasi +1 dan-1°S gacha bo'ladi. Faqat ayrim hollardagina, sharqdan kontinental havo massalari yoki shimoldan arktika havosi kirib kelganda, havo ancha sovib, qor yog'adi. Niderlandiyala absolyut minimum-27°S ga teng. Bazi yillari qishda daryo va kanallar qisqa vaqt muzlaydi. yoz sad,qin va serbulut, eng issiq oyning o'rtacha temperaturasi +17, +18°S. Sharqqa tomon yillik yog'in miqdori kamaya boradi, yog'in maksimumi bahorga va yozning boshiga to'g'ri keladi, qish sovuq-roq, yoz issiqroq keladi. Elbadan sharqda eng sovuq oyning o'rtacha temperaturasi hamma joyda manfiy (noldan birmuncha past). Sovuq mavsum ancha aniq ajraladi va bu mavsumda qor yog'adi, Daryolar har qish muzlaydi. Varshavada eng sovuq oyning o'rtacha temperaturasi-4°S atrofida, iyulning o'rtacha temperaturasi +18, +19°S, yillik yog'in miqdori ga yaqin. O'rta Yevropatekisligini ko'pdan-ko'p daryolar kesib o'tadi; bu daryolar oblastdan ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.03 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.03 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:09 ]
Arxiv ichida: docx