Suriya Arab Respublikasi geografik ma'lumot

Suriya Arab Respublikasi geografik ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Suriya Arab Respublikasi geografik ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Suriya Arab Respublikasi Reja: Geografik o'rni va chegaralari. Tabiiy sharoiti va resurslari. Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari Aholisi va mehnat resurslari. Xo'jaligiga umumiy ta'rif Qishloq xo'jaligi. Sanoati. Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Ichki tafovutlari. Tayanch so'z va iboralar: plato; voha; cho'l; aholi zichligi; ekstensiv xo'jalik; lalmi yer; tranzit; iqtisodiy rayon. Geografik o'rni va chegaralari. Suriya Janubi-G'arbiy Osiyoda joylashgan davlat. Shimolda Turkiya (822km), sharqda Iroq (605km), janubda Iordaniya (375km) va Isroil (79km), g'arbda Livan bilan (375km) chegaradosh. G'arbda sohillarini O'rta dengiz suvlari yuvib turadi. Mamlakatning umumiy maydoni 185200km². Poytaxti - Damashq shahri. Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Suriya yer yuzasi asosan tekisliklardan iborat. Sharqda balandligi 500-800m ga yetuvchi keng yassitog'lik, O'rta dengiz bo'yida 200km.dan ortiqqa cho'zilgan tor sohilbo'yi pasttekisligi bor. Dengizga tomonh yo'nalishda tog'lar ularni bir necha o'zlashtirilgan tekisliklarga bo'lib yuboradi: Latakiya, Jabal-Baniyos va boshqalar. Tog' relyefi faqat mamlakatni g'arbiy qismi uchun xosdir. Dengiz bo'yi tekisligida sharqda yoriqlar bo'lib, Al-Gab (kengligi 15-20km) cho'kmasi joylashgan va bu cho'kmani g'arb hamda sharqdan tog'lar o'rab olgan: g'arbda-Ansariya (baland cho'qqisi ) tizmasi, sharqda bir nechta tizmalar mamlakat janubigacha davom etadi. Bular Al-Akrad (1759m), Az-Zaviya (800m dan baland), Antilivan (2659m) va Xermon (2814m). Ansariya tizmasi shimoldan janubga cho'zilgan bo'lib, sohilbo'yi tekisligi tomon pasyib boradi. Tog' tizmalari sharqdan Suriyadagi yoriqlar bilan o'ralgan bo'lib, uning katta qismi asta-sekin unga sharqdan tutashgan platoga o'tib boradi. Suriya hududining qolgan qismini tog'lardan sharqqa tomon asta-sekin shimoli-sharqqa Frot vodiysi tomonga pasayib boruvchi yassitog'lik egallaydi va yana bu daryo ortidan ko'tarilib boradi. Uni janubi-sharqiy qismi Suriya cho'li, shimoli-sharqi Al-Jazira cho'li deb ataladi. Cho'llar va tog'lar oralig'i dasht kengliklari bilan band. Yassitog'likda alohida tog' tizmalari va vulqonlar guruhi bilan keng lavali platolar uchraydi. Ulardan eng baland tizma - Ad-Druz (1800m) Suriya cho'lidan g'arbda mamlakatning eng chekka janubida joylashgan. Suriya cho'li bir xildagi platodan iborat bo'lib, balandligi 500m dan 800m gacha, ba'zan 100m gacha yetadi. Cho'l qalinligi bir metrga yetuvchi shag'allardan tashkil topgan. Suriya cho'li hayotsiz kenglik. Suriya cho'li kengliklaridan faqat qishda yomg'irdan keyin qoramollar uchun yaylov sifatida foydalanish mumkin. Suriyaning shimoli-sharqi Yefrotdan Tigrgacha Al-Jazira tekisligi bilan band. U Masopotamiya cho'kmasining bir qismi bo'lib, Fors ko'rfazidan janubi-sharqqa Tavr tog'laridan shimoli-g'arbga tomon 1200km ga cho'zilgan. Al-Jazira balandligi 600m ga yetuvchi platodan iborat bo'lib, janubi-sharqqa tomon nishab. Uning birmuncha baland shimoliy qismi to'lqinsimon relyefdan iborat, janubiy qismi ancha past. Yer yuzasi gipsli va sho'rxoklardan tashkil topgan. Insonlar va bu yerda yashaydigan jonzotlar uchun bo'ronlar ancha ko'ngilsizliklar keltiradi. Qishda esuvchi sxemal va janubdan Arabiston cho'llaridan esuvchi yozgi issiq shamollar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.58 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.58 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga