Suv omborlari va ular haqida umumiy ma'lumot

Suv omborlari va ular haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
Suv omborlari va ular haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

S U V O M B O R L A R I Suv omborlari haqida umumiy ma'lumotlar Ma'lumki, daryolardagi suv miqdori yil davomida mavsumdan­mavsumga va u yildan bu yilga o'zgarib turadi. Yer yuzidagi, ayniqsa, O'rta Osiyo kabi arid iqlimli hududlardagi ba'zi bir daryo va soylarning suv miqdori yil davomida shu qadar notekis va noqulay taqsimlanganki, oqibatda milliard­milliard metr kub suv xalq xo'jaligiga hech qanday foyda keltirmasdan behuda oqib ketadi. Ayrim paytlarda, masalan, toshqin va to'linsuv davrlarida to'lib­ toshib oqib, katta zarar ham keltiradi. O'lkamiz sharoitida, qishloq xo'jaligida suvga bo'lgan talab ortgan mavsumlarda esa bunday daryo va soylardagi suv keskin kamayib ketadi, ayrim hollarda butunlay qurib qoladi. Mana shunday sharoitda daryo va soylar suvidan to'la va samarali foydalanish hamda toshqinlarni oldini olish maqsadida ularning oqim rejimini boshqarib turish zarur. Bu muammoni daryolarda sun'iy ko'llar­suv omborlari barpo etish yo'li bilan hal etish mumkin. Suv omborlari qurish o'lkamiz kabi qurg'oqchil hamda qishloq xo'jaligi sug'orishga asoslangan hududlarda ayniqsa zarurdir. Ko'pchilik suv omborlarini qurishda ekinzorlarni suv bilan ta'minlashdan tashqari, ulardan gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va shaharlar suv ta'minotini yaxshilash maqsadida foydalanish ham nazarda tutiladi. Suv omborlari geografiyasi O'rta Osiyo davlatlari xududidagi eng yirik suv omborlari Daryolardagi suv va energiya boyliklari(resurslari)dan to'laroq foydalanish maqsadida Yer kurrasida juda ko'p suv omborlari qurilgan. Dunyodagi eng yirik suv ombori Viktoriya­Nil daryosida qurilgan Ouen­Fols (Viktoriya) suv ombori bo'lib, Keniya, Тanzaniya, Uganda davlatlari hududida joylashgan. Uning suv sig'imi 205 km3 (Viktoriya ko'li bilan qo'shib hisoblanganda) bo'lib, Nil daryosi oqimini yillararo boshqarishga mo'ljallangan. Rossiya hududida joylashgan Bratsk (Angara daryosi), Krasnoyarsk (Yenisey daryosi), Kuybishev (Volga), Buxtarma (Irtish) kabi suv omborlari nafaqat mazkur mamalakat hududida, balki butun Yevrosiyo materigida ham eng yirik suv omborlari hisoblanadi. Тarixiy ma'lumotlarga ko'ra O'rta Osiyo davlatlari hududida kichik suv omborlari­hovuzlar eski eraning oxiri va yangi eraning boshlaridayoq qurilgan. Ularni qurishdan maqsad kichik soylar suvini to'plab, so'ng undan sug'orish ishlarida foydalanish bo'lgan. O'zbekistonning eng yirik suv omborlari Izox: suv omborlarining boshqa o'lcham ko'rsatkichlari maxsus adabiyotlarda keltirilgan. Suv omborlarining turlari Suvni to'plab, undan kelgusida foydalanishga imkon beradigan inshoot suv ombori bo'ladi. Suv omborlari umumiy ko'rinishi, suvni to'plash shart­sharoitlari, to'g'onining qurilishi usullari bo'yicha xilma­xildir. Ana shu belgilari bo'yicha ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: ­ yopiq suv omborlari; ­ ochiq suv omborlari. Yopiq suv omborlariga suv saqlanadigan katta­kichik idishlar, rezervuarlar kiradi. Bunday suv omborlari temirdan, temir­betondan, tosh va boshqa materiallardan quriladi. Ular oqimni kunlar, hafta, oy, ba'zan mavsumlar bo'yicha boshqarishga mo'ljallanadi. O'lkamizda juda qadimdan mavjud bo'lgan sardobalarni ham ana shunday suv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.67 KB
Ko'rishlar soni 324 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.67 KB
Ko'rishlar soni 324 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga