Suv resurslari va ularni baholash. Suv resurslari haqida SuvYer yuzasida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. Lekin, hozirgi kunda, tabiatdagi barcha suvlardan bevosita foydalanib bo'lmaydi. Shu bilan birga suv resurslari tushunchasini barcha suvlarning sinonimi deb tushunmaslik kerak. Haqiqatan ham bu kategoriya faqatgina tabiatga xos bo'lmay, balki ijtimoiytarixiy va iqtisodiy bosqichlarda o'zgarib turadi. Hozirgi taraqqiyot bosqichida suv resurslari tabiatdagi barcha chuchuk va o'rtacha minerallashgan, tabiiy holda yoki sun'iy ravishda chuchuklashtirilgan, tozalangan suvlardan iborat bo'lib, ayni paytda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida ishlatilayotgan va ishlatilishi mumkin bo'lgan suv manbalari yig'indisidir. Hajmi, miqdori, hosil bo'lish va joylashish o'rniga bog'liq holda suv manbalari mahalliy, regional va global suv resurslariga bo'linadi. Хalqaro bitimlarga asosan esa milliy, davlatlararo va umumiy (umuminsoniy) suv resurslari birbiridan farqlanadi. Suv qayta tiklanadigan tabiiy resurslar qatoriga kiradi. Lekin buning uchun, birinchidan, daryolar, muzliklar, yer osti suvlari zahirasi asrlar davomida o'zgarmas bo'lishi va, ikkinchidan, insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida tabiiy suvlarning ifloslanishi darajasi ularning sifat jihatdan o'zo'zini qayta tiklash imkoniyatidan katta bo'lmasligi kerak. O'lkamizdagi suv resurslarining asosiy manbalari daryolar, soylar, buloqlar, suv omborlari, ko'llardagi tabiiy toza suvlardan hamda yer ostida joylashgan chuchuk va o'rtacha minerallashgan suvlardan iborat. Bularga qo'shimcha ravishda muz osti va muz ko'llari suvlarini, termal (issiq) yer osti suvlarini, tozalangan (ikkilamchi) suvlarni, oqava suvlarining bir qismini, atmosfera yog'inlarini va tuproqdagi namlikni kiritish mumkin. Demak, joylashish o'rniga ko'ra yuza suv resurslari bilan yer osti suv resurslari birbiridan farq qiladi. Lekin, ular o'zaro uzviy bog'langan. Quyida o'lkamizning yuza suv resurslari sifatida oqim hosil bo'lish joyidan kelayotgan suv miqdori tushuniladi va ular daryolarning tog'lardan chiqish joyidagi suv o'lchash postlari ma'lumotlari asosida baholangan. Shu bilan birga o'lkamizda mavjud bo'lgan ko'llar va suv omborlarining suv resurslari, ularning tabiiy va antropogen omillar ta'sirida sarflanishi, suv resurslarini muhofaza qilish masalalari ham yoritiladi. Suv resurslarining daryolar havzalari bo'yicha taqsimlanishi O'rta Osiyoning yuza suvlari resurslari o'lkaning iqlim va orografik xususiyatlariga bog'liq holda g'oyat notekis taqsimlangan. Uning deyarli uchdan ikki qismini egallab yotgan bepoyon tekisliklarida oqar suvlar juda kam uchraydi. Тog'lardan bu yerlarga oqib tushadigan ko'pchilik daryolarga, to ularning quyilish joylariga qadar, bironta ham irmoq kelib qo'shilmaydi. O'lkamiz tog'larida sertarmoq daryolar, kattakichik soy va jilg'alar juda ko'p. Тog'larni o'rab olgan tog'oldi tekisliklarida ancha zich bo'lgan sun'iy gidrografik tarmoqlar mavjud. Ular daryolar, soylar va buloqlardan suv olib, tevarakatrofdagi yerlarga tarqalib ketuvchi irrigatsiya kanallaridan, ariqlardan va shuningdek, zovur hamda kollektorlardan iborat. Тekisliklarda va ayniqsa, tog'oldi tekisliklarida bug'lanish jarayoni juda kuchli bo'ladi. Chunki tog'larda hosil bo'lgan suvlar bu yerda sertarmoq irrigatsiya kanallari va ariqlari orqali keng ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.41 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.41 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:12 ]
Arxiv ichida: docx