Suv sarfi va uni aniqlash usullari

Suv sarfi va uni aniqlash usullari

O'quvchilarga / Geografiya
Suv sarfi va uni aniqlash usullari - rasmi

Material tavsifi

Suv sarfi va uni aniqlash usullari Daryoning ko'ndalang qirqimi yuzasidan vaqt birligi ichida oqib o'tadigan suv miqdoriga suv sarfi deyiladi. Suv sarfi m3s yoki lҒs larda ifodalanadi. Berilgan ko'ndalang qirqimdagi suv sarfini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin: , bu yerda: ­ko'ndalang qirqimdagi o'rtacha tezlik, ­shu ko'ndalang qirqim yuzasi. Bu yuza ko'ndalang qirqimda chuqurlik o'lchash ishlari natijasida aniqlanadi. Suvning oqish tezligi Shezi ifodasi bilan hisoblangan hollardagina suv sarfi yuqoridagi ifoda yordamida aniqlanadi. Suvning oqish tezligi alohida tiklik (vertikal)lar bo'yicha gidrometrik parraklar yoki qalqimalar yordamida aniqlanganda suv sarfi boshqacha yo'l bilan hisoblanadi. Masalan, tezlikni gidrometrik parrak yordamida o'lchab, so'ng suv sarfini hisoblashda ishlarni quyidagi tartibda amalga oshirgan ma'qul: 1. Тanlangan ko'ndalang qirqimdagi barcha chuqurlik va tezlik vertikallarida chuqurliklar o'lchanadi; 2. Тezlik vertikallarida tanlangan usulga ko'ra tegishli sondagi nuqtalarda tezliklar o'lchanadi; 3. Har bir tezlik vertikali uchun o'rtacha tezlik () empirik ifodalar yordamida hisoblanadi; 4. Chuqurlik vertikallari orasidagi va so'ngra esa tezlik vertikallari orasidagi oraliq maydonchalar () aniqlanadi; 5. Ko'ndalang qirqimdagi suv sarfi ­ quyidagi ifoda bilan hisoblanadi: , bu yerda: ­mos ravishda 1­,2­ va ­tezlik vetikallarida suvning o'rtacha oqish tezligi, mҒs larda; ­qirg'oq bilan birinchi tezlik vertikali orasidagi yuza, m2 larda; ­ tezlik vertikallari orasidagi oraliq yuzalar, m2 larda; ­oxirgi tezlik vertikali bilan qirg'oq chizig'i orasidagi yuza, m2 larda; ­qirg'oq bilan 1­tezlik vertikali va oxirgi ­tezlik vertikali bilan qirg'oq orasidagi tezlikning o'zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent bo'lib, qirg'oq va o'zan holatiga ko'ra maxsus jadvaldan topiladi. Ko'ndalang qirqim uchun suvning o'rtacha oqish tezligi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: mҒs , bu yerda ­ko'ndalang qirqimdagi suv sarfi, m3s larda; ­ko'ndalang qirqim yuzasi, m2 larda. Suv sarfi egri chizig'i chizmasi Daryolarda chuqurlik va suvning oqish tezliklarini o'lchash ishlari ancha murakkab va serxarajat bo'lgani sababli, suv sarfini aniqlash har kuni bajarilmaydi. Biroq, daryolar oqimi miqdorini aniqlash uchun har kungi suv sarfini bilish lozim bo'ladi. Shuning uchun maxsus o'lchashlarsiz, kunlik o'rtacha suv sarfini topish maqsadida, suv sarfi bilan uning sathi orasidagi bog'lanish ni ifodalovchi chizma-suv sarfi egri chizig'i chizmasi chiziladi. Shu chizmaning o'zida bog'lanish chizig'ini aniq o'tkazilishini ta'minlash maqsadida suv sathining maydon va o'rtacha tezliklar bilan bog'lanishini ifodalovchi , egri chiziqlari ham chiziladi (21­rasm). Suv sarfi egri chizig'idan foydalanib, o'rtacha kundalik suv sathini bilgan holda, o'sha kun uchun o'rtacha suv sarfi topiladi. Kundalik suv sarfining ma'lum daryoning tegishli kuzatish posti uchun tuzilgan yillik jadvalidan foydalanib, amaliy maqsadlarda zarur bo'ladigan gidrologik ma'lumotlar-daryo oqimi va uning asosiy ko'rsatkichlari hisoblanadi. Bu masalalar to'g'risida keyingi mavzularda kengroq to'xtalamiz. Sinov savollari: 1. Suv sarfining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.87 KB
Ko'rishlar soni 311 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.87 KB
Ko'rishlar soni 311 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga