Tabiat rivojlanishining asosiy bosqichlari

Tabiat rivojlanishining asosiy bosqichlari

O'quvchilarga / Geografiya
Tabiat rivojlanishining asosiy bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Tabiati rivojlanishining asosiy bosqichlari Hozirgi Yevrosiyo o'rnida tabiat rivojlanishining kembriygacha bo'lgan bosqichida uchta juda katta platforma oblasti bo'lgan. Bular-Yovropa, Sibir va Xitoy platformalaridir. Janubroqda, asosan Shimoliy tropikdan janubda, bundan ham oldinroq juda katta Gondvana superplatformasi vujudga kelgan. Platformalar orasida geosinklinal mintaqalar bo'lgan. Uchta shimoliy platformadan janubda Alp-Himolay geosinklinal mintaqasi cho'zilib ketgan. Bu geosinklinal hozirgi xorijiy Yevropaning ko'p qismini egallagan va janubi-sharqqa tomon davom etib, shimoliy platformalarni Gondvanadan ajratib turgan. Shimoldan unga Ural-Tyanshan, Mongoliya-Oxota va Kaledon geosinklinal oblastlari kelib tutashgan. Bu plat-formalar shimoliy platformalarni bir-biridan ajratib turgan. Janubi-sharqda Alp-Himolay geosinklinal mintaqasi meridional yo'nalishda cho'zilgan G'arbiy Tinch okean geosinklinal mintaqasi bilan qo'shilgan. Bu mintaqa esa Tinch okean geosinklinal halqasining bir qismidan iborat bo'lgan. Paleozoy erasining birinchi yarmidagi voqealar Yevrosiyo quruqligining shakllanishiga ancha ta'sir etgan; quruqlikning geosinklinal mintaqalar hisobiga ancha kengayishiga sabab bo'lgan. Dengizlarning qayta-qayta platforma oblastlariga bostirib kirishi geosinklinal mintaqalarda ham qayta-qayta tog' paydo bo'lish jarayonlariga almashinib turgan. Sibir platformasidan janubda baykal burmalanishi ro'y bergan. Tog' paydo bo'lish jarayonlari silur davrining oxirida ayniqsa kuchaygan (kaledon oxiridagi burmalanish). Kaledon geosinklinali quruqlikka aylanib, Yevropaplatformasini Shimoliy Amerika platformasi bilan tutashtirgan; buning natijasida Shimoliy Atlantika materigi hosil bo'lgan. Burmali tog'lar Mongoliya-Oxota geosinklinali o'rnida ham vujudga kelgan. Sibir platformasi va yangi paydo bo'lgan tog'larni o'z ichiga olgan Angarida materigi vujudga kelgan. Boshqa geosinklinal oblastlarda kaledon tektonik harakatlari uncha katta o'zgarishlar hosil qilmagan va geosinklinal rejim davom etavergan. Tektonik harakatlar vaqtida geosinklinal zonalarda intruziyalar va rudalar hosil bo'lish protsesslari ro'y bergan. Kaledon burmalanishi natijasida kontinental sharoit keng rivojlangan hamda keskin parchalangan relef vujudga kelgan. Platformalar hamda yangi paydo bo'lgan tog'lar ko'tarilgan va kuchli ravishda effuzivlar oqib chiqqan. Tog'lar etagida bukilmalar hosil bo'lib, ular qalin yotqiziqlar bilan to'lgan. Bu yotqiziqlarda neft, boksit va temir rudalari hosil bo'la boshlagan. Toshko'mir davrining ikkinchi yarmi va permda yangi tektonik sikl (gertsin burmalanishi) ro'y berib, u Yevrosiyo uchun katta ahamiyatga ega bo'ladi. Trias davrining boshlarigacha davom etgan intensiv tektonik harakatlar natijasida Ural-Tyanshan va Mongoliya-Oxota (sharqiy qismidan tashqari) geosinklinal oblastlari va Alp-Himolay (O'rta dengiz bo'yi) geosinklinalining katta qismi tog'li o'lkaga aylangan; Alp-Himolay geosinklinalining katta qismida hozirgi tog' sistemalarining (Pireney, Alp, Karpat, Kavkaz tog'lari va boshqalar) deyarli hammasida burmalanish harakatlari bo'lgan. Natijada barcha qadimiy tog'lar bir butun tog' mintaqasiga birlashgan. Hozirgi Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning ko'p qismini o'z ichiga olgan juda katta materik vujudga kelgan. Bu qadimiy materikni geologlar Lavraziya deb atashgan. Gertsin tog' paydo bo'lish sikli juda uzoq davom etgan; u bir qancha fazalarga bo'linganki, bu fazalar vaqt jihatidan ham, territorial jihatdan ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.19 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.19 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga