Тabiatda suvning aylanishi. Yer kurrasida quruqlik va suvning taqsimlanishi. Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U planetamizning suv qobig'i bo'lgan gidrosferaning ajralmas va asosiy qismidir. Gidrosfera Dunyo okeanidan tashqari, yuqorida aytilgandek, quruqlikdagi suvlardaryolar, ko'llar va muzliklardan, atmosferadagi suv bug'laridan, tuproqdagi namlikdan, shuningdek, yer osti suvlaridan tashkil topgan. Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln.km2)ning 361 mln.km2 yoki 71 foizini Dunyo okeani egallagan, quruqliklar yuzasi esa 149 mln.km2 yoki uning 29 foizini tashkil etadi. Quruqlikdagi barcha ichki suv havzalarining yig'indi maydoni uning umumiy maydonining 3 foizidan kamrog'ini, muzliklar esa taxminan 10 foizini tashkil etadi. Yer kurrasida quruqlik va suv yuzalari notekis taqsimlangan: quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bo'lib, uning yuzasi 39 foizni tashkil etadi: janubiy yarim sharda esa quruqlik bor yo'g'i 19 foizni egallagan. Bunday taqsimlanish atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga va suvning tabiatda aylanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Gidrosferaning turli qismlarida suv miqdorining taqsimlanishi to'g'risidagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Yer kurrasidagi suvning umumiy hajmi 1 mlrd 386 mln.km3 dan ortiq. Bundan 1 mlrd 338 mln.km3 qismi Dunyo okeanida, 234 mln.km3-Yer po'stida, 26 mln.km3-muzliklarda, 176 ming km3ko'llarda, 2,1 ming km3 esa daryolardadir (1jadval). Yerdagi suvning umumiy hajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti suvlarining miqdori hali unchalik aniq baholangan emas. Yer kurrasidagi chuchuk suvlarning umumiy zahirasi 35 mln.km3 deb baholanadi (Yerdagi umumiy suv hajmining 2,3 foizi), uning 68 foizidan ko'prog'i Antarktida va Grenlandiya muzliklarida va 30 foizi yer osti suvlaridan iboratdir. Hozirgi paytda foydalanish uchun mumkin bo'lgan chuchuk suvlar miqdori Yerdagi umumiy suv hajmining taxminan 0,3 foizini tashkil etadi. Yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi. Quyosh nurlari ta'sirida Dunyo okeani, daryolar, ko'llar, botqoqliklar, muzliklar yuzasidan, o'simliklardan va Yer sirtining boshqa qismlaridan har yili 520 ming km3 () suv bug'ga aylanadi. Suv bug'lari gravitatsiya kuchlari ta'sirida yuqoriga ko'tariladi va kondensatsiya jarayonida to'yinib, og'irlik kuchlari tufayli yog'in sifatida yana Yer sirtiga tushadi. Atmosferadagi namlikning asosiy manbaiokeanlar va dengizlar yuzasidan bo'ladigan bug'lanishdir. U Yer kurrasi yuzasidan bo'ladigan umumiy bug'lanishning 86,5 foizini tashkil etadi. Shu miqdorning ko'p qismi bevosita yana okeanlar va dengizlar yuzasiga atmosfera yog'ini ko'rinishida qaytib tushadi. Bu kichik suv aylanishi deb ataladi. Namlikning qolgan qismi materiklar tomon harakatlanadi va ular Yer yuzasi bilan murakkab aloqada bo'ladi (7rasm). Okean va quruqlik yuzasidan suvning bug'lanishi, suv bug'ining okeanlar ustidan o'tishi va materiklar ichiga kirib borishi, ularning kondensatsiyalanishi hamda yog'in sochin tarzida yer sirtiga tushishi, shuningdek, materiklardan suvning daryolar ko'rinishida oqib ketishi kabi jarayonlar tabiatning ayrim komponentlari orasida suv ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.8 KB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.8 KB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:13 ]
Arxiv ichida: docx