Tabiiy boyliklar va resurslar

Tabiiy boyliklar va resurslar

O'quvchilarga / Geografiya
Tabiiy boyliklar va resurslar - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy boyliklar REJA: 1.Tabiiy resurslarning tasnifi va ulardan oqilona foydalanish yo'llari 2. O'zbekiston Respublikasining mineral xom-ashyo resurslari 3. Mineral xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish muammolari 4. Neft mahsulotlari bilan suv zaxiralarining ifloslanishi va uning oldini olish chora-tadbirlari 5. Polimer kompozitsion materiallardan ozik-ovqat sanoatida qo'llashning ekologik muammolari va ularning yechish yo'llari Tabiiy resurslarning tasnifi va ulardan oqilona foydalanish yo'llari Aslida «resurs» so'zi fransuz tilidan olingan bo'lib, «yashash vositasi» degan manoni anglatadi. Resurs deganda tabiiy jismlar va foydalaniladigan energiya turlari tushuniladi. Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarur bo'lgan shunday vositalardirki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orqali ta'sir etadi. Shuni alohida takidlash kerakki, «tabiiy resurslar» tushunchasini kupgina olimlar turlicha ta'riflashadi. Masalan, geograf olimlar, akad. I.P.Gerasimov va prof. D.L.Armand tabiiy resurslarga eng to'liq ta'rif berganlar: «tabiiy resurslar- kishilar bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashi uchun zarur bo'lgan xilma-xil vositalardir». Prof. Yu.G.Saushkin esa «elektr energiya olish, ozik-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin bo'lgan tabiiy komponentlarni va sanoat uchun xom-ashyolarni tabiiy resurslar deb ta'riflaydi. Geograf olim A.A.Mints esa , «Tabiiy resurslardan foydalanish shakllari va yo'nalishlariga karab ularni iqtisodiy jihatdan sinflarga bo'lishni» birinchi uringa kuyadi. Bu sinflarga bo'lishda, yani tasniflashda , tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarishning asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan tashqari sferada foydalanishiga karab guruhlarga ajratiladi. Shunday qilib, tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalarga va mehnat vositalari manbalariga bulinadi. Aslida, tabiiy resurslar ikkita asosiy guruhga bulinadi : A. guruhi - moddiy ishlab chiqarish resurslari. Bu guruhga yoqilg'i mahsulotlari, metallar, suvlar, yog'och-taxta, balik, ovlanadigan hayvonlar kiradi. V guruhi - ishlab chiqarishdan tashqari sfera resurslari. Bu guruhga ichimlik suvi, daraxtzorlar, iqlim resurslari va xoka'zolar kiradi. Tabiiy resurslarga ozik ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o'simliklar va hayvonlar, ichimlik suvi va boshqa maqsadlarda foydalanadigan suvlar, metallar olinadigan madanlar, qurilishga ishlatiladigan yog'och taxtalar, energiya va yoqilg'i manbalari bo'lgan kumir, neft va tabiiy gazlar kiradi. Tabiiy resurslar 2 turga bulinadi. Tugaydigan tabiiy resurslar Tugamaydigan tabiiy resurslar Tugaydigan tabiiy resurslar o'z navbatida 2 guruhga bulinadi. 1. Tiklanadigan resurslar.2 Tiklanmaydigan resurslar. Tabiiy resurslarning tasnifi (sinflarga bo'linish i) quyidagi rasmda ko'rsatilgan. 1-rasm. Tabiiy boylik zahirlarining tasnifi. Tiklanmaydigan tabiiy resurslarga yer osti tabiiy boyliklari va foydali qazilmalar, yani madanli va madansiz qazilmalar kiradi. Ular foydalanayotgan darajadan million-million marta sekin tiklanadigan tabiiy resurslar hisoblanadilar. Bunday resurslarni tiklab bo'lmas ekan, mineral resurslardan samarali foydalanish, ularni tejab-tergab ishlatish va ularni kazib olinayotganda erlarga zarar etkazilishiga yul quymaslik zarur. Tiklanadigan tabiiy resurslarga tirik mavjudotlar, o'simlik va hayvonlar, daraxtlar shuningdek tuproq kiradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 69.15 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 69.15 KB
Ko'rishlar soni 176 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga