Territorial farqlari va tabiiy-geografik rayonlashtirish Yevrosiyo maydonining nihoyatda katta ekanligi, uning geologik-tektonik tuzilishi va orografiyasining murakkabligi, okeanlarning ta'siri, shimoliy yarimsharning barcha iqlim min-xaqalarida joylashganligi materik territorial bo'linishining murakkabligiga olib kelgan. Materik ichkarisidagi Shimoliy Muz okeaniga ochiq juda katta tekislik va yassitog'liklarda termik sharoit hamda namlanish, ular bilan bog'liq holda esa, biokomponentlar ham shimoldan janubga tomon asta-sekin o'zgarib boradi. Bu erlarda geografik qobiqning zonal strukturasi eng yaqqol-klassik tarzda aks etgan bo'lib.u materik tabiatining territorial bo'linishida katta rol o'ynaydi. Materikning baland tog'lar bilan o'ralgan ichki qismlaridagi (Markaziy Osiyodagi) katta maydonlarda arid (qurg'oqchil) sharoit hukmron bo'lib, qaysi geografik kenglikda joylashganligidan qati nazar zonal tafovutlari yaxshi aks yetmagan cho'l landshaftlari ustun turadi. Yevrosiyoning Atlantika bo'yi qismidagi tabiiy sharoitning qaror topishida va territorial bo'llnishida uning okeanga yaqinligi hamda okean ustida hosil bo'lgan havo massalarining juda parchalangan quruqlikka ta'siri eng katta ahamiyatga ega. Yevropaning g'arbida shimol bilan janub tafovuti yo'qoladi, tabiatning zonal strukturasi tabiiy territorial bo'linishining boshqa omillari oldida keningi o'ringa tushib qoladi. Bunda orografiyaning asosiy elementlari geografik kenglik bo'yicha yo'nalishi tufayli Atlantika okeaniing ta'siri sharqda uzoq davom etadi va tabiatning bo'linishi (tabaqalanishi) ga katta ta'sir ko'rsatadi. Geokomplekslar shimoli-g'arbdan janubi-sharqa tomon qonuniy almashina boradi, kuchli parchalangan tog'lik-tekislik relefi bu qonuniyatni murakkablash-tiradi. Materikning janubi-g'arbiy qismida tabiatning bo'linishi zonal-iqlimiy sharoit bilan tektonik tuzilishining nisbatan bir butunligi sharoitida quruqlikning O'rta dengiz suvlari bilan chuqur parchalanganligi va morfostruktura tiplarinnig ancha xilma-xilligiga bog'liq. Materikning sharqiy, Tinch oksan bo'yi qismi, Tinch okeanning dengiz va orollari paydo bo'lishi hamda strukturasida katta tafovutlarga ega; biroq ularni musson tsirkulyatsiyasi birbutun qilib birlashtirib turadi. Musson tsirkulyatsiyasi bu territoriya zonal strukturasining o'ziga xosligida va biokom-ponentlarning zonal tiplarida namoyon bo'ladi. Iqlim xusu siyatlari bilan bog'liq bo'lgan territorial bo'linish shimoli-sharqdan janubi-g'arbga tomon namoyon bo'ladi. Yer po'stining tyzilish xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan tafovutlar esa, avvalo materik bilan okeanlar o'rtasida aks etgan bo'lib, shuningdek materik ichkarisidagi qismda ham seziladi. Bularning barchasi Yevrosiyoning territorial bo'linishini murakkablashtiradi va nisbatan bir xil regionlarni ajratishni qiyinlashtiradi. Yevrosiyoning janubiy va janubi-sharqiy subkontinentlari hamda ularga tutash orollar uchun ularning quyi geografik kengliklarda joylashganligi, musson tsirkulyatsiyasi va ekvatorial havo massalari ichidagi protsesslar eng katta ahamiyatga ega. Orografiya elementlari asosan submeridional yo'nalgan murakkab relef havo oqimlarining submeridional harakati bilan birgalikda zonal strukturaga ancha vatta ta'sir ko'rsatib, zonal biokomponentlarning fragmentlar (bo'linib-bo'linib) tarqalishiga olib keladi. Territorial bo'linishda relef yetakchi rol o'ynaydi; u yog'inlar miqdori va tuproq-o'simlik tiplarining taqsimlanishini belgilaydi. Ana shu barcha aytilganlar asosida Yevrosiyoda va okeanlarning unga tutash qismlarida quyidagi yirik regionlarni (sub-kontinentlarni) ajratish mumkin. Arktika bilan Subarktikaning Yevrosiyo sektori, ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.22 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.22 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:15 ]
Arxiv ichida: docx