Vaqt o'lchovi, soat mintaqalari va taqvimlar

Vaqt o'lchovi, soat mintaqalari va taqvimlar

O'quvchilarga / Geografiya
Vaqt o'lchovi, soat mintaqalari va taqvimlar - rasmi

Material tavsifi

Taqvimlar Tayanch iboralar: Tropik yil davomiyligi, Quyosh taqvimlari, sinodik oy davomiyligi, Oy taqvimlari, Oy - Quyosh taqvimlari, yo'lian taqvimi, Grigoriy taqvimi, qamariy yil hisobi. Reja: Quyosh taqvimlari. Oy taqvimlari Oy - Quyosh taqvimlari. yo'lian kunlari 1. Quyosh taqvimlari Uzoq vaqtlarni ma'lum davrlarga bo'lib (yil, oy, kunlarga) o'lchash sistemasiga taqvim deyiladi. Insoniyat tarixida juda ko'p taqvimlar ishlatilgan bo'lib, ularni uchta guruhga, Quyosh taqvimlari, Oy taqvimlari va Oy - Quyosh taqvimlariga ajratish mumkin. Quyosh taqvimi asosida tropik yil davomiyligi, Oy taqvimi asosida sinodik Oy davomiyligi yotib, Oy - Quyosh taqvimi esa shu ikkala davrga asoslangandir. Hozirgi paytda ko'p mamlakatlarda qabul qilingan taqvim Quyosh taqvimidir. Quyosh taqvimida Quyoshning ikki marta ketma-ket nuqtada bo'lishi orasidagi vaqt tropik yil davomiyligi (365,2422 sutka) asos qilib olingan. Yil davomiyligini tropik yil davomiyligiga yaqin qilib olish va undagi sutkalar sonini butun qilib olish zaruriyati bir necha taqvimlarni keltirib chiqarilgan. Miloddan avval 46 yilda ishlab chiqilgan yo'lian taqvimida har to'rt yilning uch yili 365 sutkadan iborat bo'lib, to'rtinchi yili 366 kun deb hisoblanadi, Bu taqvimda o'rta hisobda yilning davomiyligi 365,25 kunga teng bo'lib, bu tropik yil davomiyligidan 0,0078 sutkaga ortiq. Bu taqvimda 365 kunlik yillar oddiy, 366 sutkalik yillar esa qabisa yillari deyiladi. Qabisa yillarida fevral 29 kun yo'lian taqvimida nomerlari 4 ga bo'linadigan hamma yillar qabisa yillardir. yo'lian yilining tropik yilidan farqi 400 yilda (0,0078400)=3,12 sutkani tashkil etadi. XVI asrda bu farq 10 sutkani tashkil etadi va xristian cherkovining yil sanashiga noqulaylik tug'dirdi. Shuning uchun Papa Grigoriy yo'lian taqvimiga 1582 yili yangi reforma kiritadi. Grigorian taqvimida 1582 yilning 4 oktyabridan keyingi kun, ilgarigi to'plangan 10 kunlik xato to'g'rilanib 15 oktyabr deb hisoblanadi. Kelajakda yuz yilliklardan yuzlar soni 4 ga qoldiq bilan bo'linadigan yillarni (1700,1800,1900,2100 ya'ni 17,18,19,21 yuzinchi yillarni) qobisa yillari deb hisoblamaslik taklif etiladi. Grigoriy taqvimi Rossiyada faqatgina 1918 yildagina kiritildi. 1918 yili chiqarilgan dekretga ko'ra 1918 yili 1 fevral o'rniga 14 fevral deb hisoblash kiritildi. Chunki XX asrga kelib yo'lian va Grigoriy taqvimlari orasidagi farq 13 kunga tengdir. Shunday qilib, hozirgi vaqtda yo'lian taqvimi bilan bizda qo'llanilayotgan Grigorian taqvimi orasida 13 sutka farq bor. Yillar hisobining boshlanish vaqti - taqvim erasi shartli qabul qilingan tushuncha. Qadimgi misrda yillarni fir'avnlarning taxtga chiqish paytidan boshlab hisoblaganlar. Rimliklar ko'p vaqtlargacha Rim shahrining qurilgan yili deb hisoblangan vaqtdan yil hisobini boshlaganlar. 2. Oy taqvimlari Oyning turli shakllarga ega bo'lib ko'rinishiga Oy fazalari deyiladi. Yangi Oy, birinchi chorak, to'linoy va oxirgi chorak Oyning to'rtta asosiy fazasi hisoblanadi. Bu fazalar bir-biridan taxminan bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 326.54 KB
Ko'rishlar soni 272 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 326.54 KB
Ko'rishlar soni 272 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga