MAVZU:YER YUZASI, GEOLOGIK TUZILISHI VA FOYDALI QAZILMALARI Reja: 1.O'zbekiston tabiiy xaritasini ko'zdan kechiring. Respublikamiz hududidagi asosiy tekislik, vodiy va tog'larni toping. 2.Yer yuzasining asosiy xususiyatlari Yer yuzasining tuzilishi jihatidan O'zbekiston hududi ikki qismga bo'linadi, katta (78,7 foiz) qismi tekislikdan, qolgan (21,3 foiz) qismi tog'lardan va tog' oralig'idagi botiqlardan iboratdir. Respublikamiz yer yuzasi g'arb va shimoli g'arbdan sharq va janubi sharq tomon ko'tarilib boradi (28- rasm). Tekisliklari. O'zbekistonning tekislik qismi Turon tekisligining bir qismi bo'lib, uning g'arbi va shimoli g'arbini egallagan. Tekislikning shimoli-g'arbiy chekkasida Ustyurt platosi joylashgan. U atrofidagi tekisliklardan va Orol dengizi yuzasidan tik ko'tarilib turadigan yonbag'irlar bilan o'rab olingan, ular chinklardeb yuritiladi. Platoning O'zbekiston joylashgan qismining okean sathidan balandligi 120-180 m atrofida bo'lib, uning eng yuqori nuqtasi Qorabovurqirida (292 m). Ustyurtning yer yuzasi butunlay tekis bo'lmasdan bir qancha botiqlar (Borsakelmas, Asaka-Îvdonva boshqalar) uchraydi, platoning janubi-sharqiy qismida esa Sariqamishbotig'i joylashgan. Amudaryoning quyi oqimida juda katta delta hosil bo'lgan. Uning yuzasi daryoning qadimgi (Ko'hnadaryo, Daryoliq) va hozirgi o'zanlari bilan kesilgan. Uning o'rta qismida tub tog' jinslaridan tuzilgan kichik-kichik balandliklar ko'zga tashlanadi. Amudaryo deltasidan sharqda Qizilqumcho'li boshlanadi. Yer yuzasining tuzilishi juda xilma-xil. Bu yerda past tog'lar - Bo'kantov, Tomditov, Ovminzatov, Quljuqtov, Yetimtov, uning g'arbiy qismida esa Sulton Uvaystog'i qumli va gilli tekisliklar orasida qad ko'tarib turibdi. Qizilqumning kata qismini qumli tekisliklar egallagan. Past tog'lar orasida esa botiqlar (Mingbuloq, Oyoqog'itma, Qoraxotinva boshqalar) joylashgan. Ulardan Mingbuloq botig'ining tubi okean sathidan 12 m pastda joylashgan. Qizilqum hududida Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining qadimgi o'zanlari ham uchraydi. Qizilqum cho'lidan sharq va janubi sharqda Mirzacho'l, Qarnob, Qarshi, Malikgilli cho'llari joylashgan. Tog'lari. Tyanshan va Hisor-Oloytog' tizmalarining g'arbiy va janubi-g'arbiy tarmoqlari O'zbekiston hududidajoylashgan. Ularning okean sathidan balandligi janub va g'arb tomon astasekin pasayib borib, tekisliklarga tutashib ketadi(29- rasm). O'zbekistonning shimoli-sharqiy qismida G'arbiy Tyanshanning bir qancha tog' tizmalari (Qorjontov, Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama) joylashgan. Bular Talas Olatovidan boshlanadi. Bu tog' tizmasida Manas nomli cho'qqi bo'lib, uning ocean sathidan balandligi 4484 m dir. Chatqol tog' tizmasining O'zbekiston hududida joylashgan qismida esa Katta Chimyon nomli cho'qqi bo'lib, uning balandligi 3309 m ga yetadi. Chatqol va Qurama tog' tizmalari orasida Ohangaron platosi joylashgan. G'arbiy Tyanshan tog' tizmasining okean sathidan balandligi 2500-400 m bo'lib, uning yuqori qismlarida muzliklar uchraydi. Farg'ona botig'ining markaziy qismi O'zbekistonda joylashgan bo'lib, g'arbdan Qurama, shimoldan Chatqol, sharqdan Farg'ona, janubdan Oloy, Turkiston tog' tizmalari o'rab olgan. Turkiston tog'idan shimoli g'arbga qarab Morguzarva Chumqortog'lari ajralib chiqqan. Chumqor tog'ining faqat shimoliy yonbag'rigina O'zbekistonga qaraydi. Morguzar tizmasining shimoli g'arbida Nurotatog' tizmalari o'rin olgan bo'lib, ...

Joylangan
07 Jan 2023 | 20:08:33
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
345.49 KB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Jan 2023 [ 20:08 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
345.49 KB
Ko'rishlar soni
175 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:20 ]
Arxiv ichida: docx