1-Sektor rahbari, shahar yoki tuman Hokimining vazifa va vakolatlari

1-Sektor rahbari, shahar yoki tuman Hokimining vazifa va vakolatlari

O'quvchilarga / Huquq
1-Sektor rahbari, shahar yoki tuman Hokimining vazifa va vakolatlari - rasmi

Material tavsifi

1-Sektor rahbari, shahar yoki tuman Hokimining vazifa va vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgust kungi Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to'g'risidagi PQ-3182-sonli qaroriga asosan tuman Hokimi, 1-Sektor rahbarining vazifa va vakolatlari qo'yidagilardan iborat: uy-joy kommunal va yo'l xo'jaligi, energiya, suv va issiqlik ta'minoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar qurish, hududlarni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini shakllantirish sohasidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish bo'yicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni o'tkazish; ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, istemol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obyektlari, eng avvalo, sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlash bo'yicha ta'sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish; hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalanish, qurilishi tugallanmagan obyektlardan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, mahalliy byudjetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini tashkil etish, xizmat ko'rsatish, turizm sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko'rsatish hamda yangi ish o'rinlarini yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; dehqon xo'jaliklari, tomorqa uchun ajratilgan erlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xo'jaliklariga ko'maklashish bo'yicha choralar ko'rish; fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o'zaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida profilaktika qilish hamda ularni barvaqt oldini olish bo'yicha ta'sirchan ishlarni tashkil etish. Hududlar va tumanlar (shaharlar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha Hokimning 1-sektor ishini tashkil etish SXYeMASI Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha 1-sektor tuman (shahar) Hokimining ishlarini tashkil etish to'g'risidagi Nizom Ushbu Nizom Respublikaning tumanlari (shaharlari) va hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha 1-sektor rahbari, Hokimning asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Respublikaning tumanlari (shaharlari) va hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektor (keyingi o'rinlarda sektor deb yuritiladi) tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining ko'maklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi hisoblanadi. 2.Sektor: Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kenesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq, tegishli prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari bilan kelishgan holda hamda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kenesi raisi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlarining hududiy tuzilmalari rahbarlari (keyingi o'rinlarda sektorlar rahbarlari deb yuritiladi) boshchiligida; bir ma'muriy-hududiy birlik hududida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kenesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini, shu jumladan, qishloq xo'jaligi holati, boshqa iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar hamda boshqa mezonlarni inobatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.16 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.16 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga